Dekret puli qachon 75% to‘lanadi?

18:12 / 08.07.2024
7.93k
Savol
Men maktabda laborant bo‘lib ishlayman, yaqinda dekretga chiqdim va menga ishxonam dekret pulimni 75 % bo‘yicha hisoblab tashlab berdi.
Mening voyaga yetmagan 3 nafar farzandim bor, to‘rtinchi farzandimga dekretga chiqqanman aslida. Menga dekretimni voyaga yetmagan 3 nafar farzandim borligi uchun 100 % qilib hisoblab berishi kerak emasmidi?
Mening voyaga yetmagan 3 nafar farzandim bor, to‘rtinchi farzandimga dekretga chiqqanman aslida. Menga dekretimni voyaga yetmagan 3 nafar farzandim borligi uchun 100 % qilib hisoblab berishi kerak emasmidi?
Javob
Mehnat kodeksining 404-moddasiga ko‘ra, ayolga tug‘ruqqacha 70 kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin 56 kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda 70 kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.
Diqqat: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 314-son qaroriga 1-ilova “Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga nafaqani tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 22-bandiga ko‘ra, qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan 3 yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar, o‘rtacha ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi.
Demak, e’tibor bering 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan 3 yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga bolnichniy puli 100% to‘lanadi. Dekret pulini 75% yoki 100% to‘lash bolalar soniga bog‘liq emas, balki xodimning ishga qabul qilingan kundan keyingi stajiga bog‘liq.
Nizomning 35-bandiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha hamda yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan nafaqalar xodim:
- ishga qabul qilingan kundan 12 oygacha ish stajiga ega bo‘lganda — o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi;
- ishga qabul qilingan kundan 12 oy ortiq ish stajiga ega bo‘lganda — o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida to‘lanadi.
E’tibor bering, umumiy ish staj haqida emas, aynan ishga qabul qilingan kundan keyingi staj haqida gap ketmoqda. Ya’ni aytaylik, 10 yillik ish stajiga ega ayol, boshqa yangi ishga qabul qilindi va oradan 6 oy o‘tgach dekretga chiqdi, dekret puli 75 % to‘lanadi.
Demak, agar Siz ishga qabul qilingan kundan boshlab 12 oygacha ish stajiga ega bo‘lsangiz, dekret puli 75 % to‘lanadi, hattoki 3 nafar voyaga yetmagan farzandingiz bo‘lsa-da.
Aytaylik, ayol 2024-yil iyul oyida ishga kirdi, 6 oydan so‘ng dekretga chiqib ketdi, bu holatda ayolga dekret puli 75% to‘lanadi. Endi xuddi shu ayol, dekretdan so‘ng bola parvarish ta’tiliga chiqib, 2-farzandiga dekretga chiqdi. Bu holatda esa 100% to‘lanadi, sababi ayolni ishga qabul qilinganiga 12 oydan oshdi.
Mehnat huquqiga oid maqolalarni Mehnat huquqi telegram kanalida ham kuzatib boring.
Mehnat huquqiga oid maqolalarni Mehnat huquqi telegram kanalida ham kuzatib boring.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

10:10 / 13.05.2025
“Zakovat”da g'olib bo'lgan maktab o'quvchilari jamoasiga 100 mln so‘m berildi

10:05 / 10.05.2025
Maktab yoshidagi bolalar uchun bank kartalari ochish bo‘yicha talablar ishlab chiqiladi

19:17 / 07.05.2025
Vazir Hilola Umarovaga yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:48 / 07.05.2025
Sharoiti og‘ir bo‘lgan maktab hojatxonalari binoning ichida joylashtiriladi
Mavzuga doir yangiliklar

Dekret ta’tilidagi o‘qituvchining darslari qanday taqsimlanadi?
Buning ikkita yo‘li mavjud
10:54 / 16.11.2024

O‘qituvchi tug‘ruq ta’tilidan so‘ng ishga qaytmasa, 3 yil ishga chiqa olmaydimi?
Xodimning ishga qaytishi bu uning to‘laqonli huquqi hisoblanadi.
10:35 / 05.08.2024

Uch yoshgacha bolalari bor ayol o‘qituvchi kasbiy sertifikat olmasdan ishlashi mumkinmi?
Bu Vazirlar Mahkamasining 87-sonli qaroriga zid.
13:04 / 20.07.2024

“Dekret puli” qanday hisoblanadi?
Barcha mukofotlarning 1/12 qismi nafaqa hisoblab chiqariladigan oylik ish haqiga qo‘shilib, o‘rtacha oylik ish haqi miqdori aniqlanadi.
14:50 / 22.06.2024
Izohingizni tahrirlang