Top.Mail.Ru
Dekret ta’tilidagi o‘qituvchining darslari qanday taqsimlanadi?

Dekret ta’tilidagi o‘qituvchining darslari qanday taqsimlanadi?

10:54 / 16.11.2024 11.92k

Savol

Dekret ta’tiliga chiqqan o‘qituvchining darslari boshqa o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlanadimi yoki uning o‘rniga boshqa xodim olinadimi?


Javob

Mehnat kodeksining 404-moddasiga ko‘ra ayollarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili, kodeksning 405-moddasiga ko‘ra bolani ikki va uch yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash ta’tili beriladi. Xalq tilida bu umumiy ma’noda “Dekret ta’tili” deb yuritiladi.


Xodim homiladorlik va tug‘ish yoki bola ikki va uch yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash ta’tiliga chiqqan vaqtda uning darslari “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandidagi ustuvor ketma-ketlik asosida umumta’lim muassasasi pedagogik kengashi tomonidan o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlanishi mumkin.


Shuningdek, dekret ta’tiliga chiqqan xodimning o‘rniga vaqtincha boshqa xodimni ishga qabul qilish ham mumkin. Ammo dekret ta’tiliga chiqqan xodimning o‘rniga qabul qilinayotgan yangi xodim bilan Mehnat kodeksining 112-moddasiga ko‘ra muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi lozim.


Mehnat kodeksining 405-moddasiga ko‘ra, ayollarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili beriladi. Xodim istagan vaqtida ta’tildan qaytish huquqiga ega.


Shuni ham alohida qayd etib o‘tish lozimki, Mehnat kodeksining 239-moddasiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish hamda bola parvarishlash ta’tili berilganda xodimning avvalgi ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi.


Shu sababli vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning o‘rniga ishga qabul qilinayotgan fuqarolar bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilib, mehnat shartnomasining muddatini Mehnat kodeksining 114-moddasida nazarda tutilgan normalar bo‘yicha belgilash lozim.


Amaliyotda ayrim iqtisodchilar homiladorlik va tug‘ish yoki bola ikki va uch yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash ta’tiliga chiqqan xodimni o‘rniga boshqa xodim olib bo‘lmaydi deb noto‘g‘ri talqin qilishadi, bu esa xato. 


Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, xodim homiladorlik va tug‘ish yoki bola ikki va uch yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash ta’tiliga chiqqanda uning darslari yuqoridagi norma bo‘yicha o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlanishi ham mumkin yoki ushbu xodimning o‘rniga muddatli mehnat shartnomasi  asosida boshqa xodimni vaqtincha ishga qabul qilish ham mumkin.

Izohlar 7

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Dars taqsimoti
  • Dekret ta'tili

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

So'ragan edingiz

O‘qituvchi dekretga chiqishdan oldin chet elga ketsa, ish joyi va dekret puli saqlanadimi?

Shuni ham unutmaslik kerakki, xodim istagan vaqtida bolani parvarishlash ta’tilidan qaytish huquqiga ega. Agar xodim homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan so‘ng ishga qaytadigan bo‘lsa, odatdagidek ish faoliyatini davom ettiraveradi.

15:08 / 17.10.2026
So'ragan edingiz

Maktabdagi dars soatlari qonuniy va adolatli taqsimlanganmi?

Biz, 1-toifali ikki nafar yosh o‘qituvchi, ko‘proq dars soati olishni so‘rashimiz mumkinmi? Shuningdek, ikkovimizda ona tili fanidan milliy sertifikat ham mavjud. Direktorimiz esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ona tili fanidan olgan milliy sertifikati dars soatlarini taqsimlashda hech qanday ta’sir qilmasligini va uni inobatga olmasligini aytmoqda.

13:25 / 06.10.2026
So'ragan edingiz

O‘qituvchi bir nechta ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, ko‘proq dars oladimi?

Dars taqsimotida milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat birinchi va ikkinchi malaka toifasiga nisbatan yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi belgilangan ko‘rsatkichlarning bir nechtasiga ega bo‘lganda, ko‘rsatkichlarning eng ustuvorini inobatga olgan holda dars soatlari taqsimlanadi.

23:43 / 28.09.2026
So'ragan edingiz

Pensiyaoldi yoshidagi, o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagogni ishdan bo‘shatish to‘g‘rimi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirning 2025-yil 23-oktabrdagi 398-sonli buyrug‘i bilan sinf rahbarlariga qo‘yilgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish talabi butunlay bekor qilingan.

09:23 / 24.09.2026