Dekret ta’tilidagi o‘qituvchining darslari qanday taqsimlanadi?

Savol
Dekret ta’tiliga chiqqan o‘qituvchining darslari boshqa o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlanadimi yoki uning o‘rniga boshqa xodim olinadimi?
Javob
Mehnat kodeksining 404-moddasiga ko‘ra ayollarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili, kodeksning 405-moddasiga ko‘ra bolani ikki va uch yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash ta’tili beriladi. Xalq tilida bu umumiy ma’noda “Dekret ta’tili” deb yuritiladi.
Xodim homiladorlik va tug‘ish yoki bola ikki va uch yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash ta’tiliga chiqqan vaqtda uning darslari “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 15-bandidagi ustuvor ketma-ketlik asosida umumta’lim muassasasi pedagogik kengashi tomonidan o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlanishi mumkin.
Shuningdek, dekret ta’tiliga chiqqan xodimning o‘rniga vaqtincha boshqa xodimni ishga qabul qilish ham mumkin. Ammo dekret ta’tiliga chiqqan xodimning o‘rniga qabul qilinayotgan yangi xodim bilan Mehnat kodeksining 112-moddasiga ko‘ra muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi lozim.
Mehnat kodeksining 405-moddasiga ko‘ra, ayollarga homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili beriladi. Xodim istagan vaqtida ta’tildan qaytish huquqiga ega.
Shuni ham alohida qayd etib o‘tish lozimki, Mehnat kodeksining 239-moddasiga ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish hamda bola parvarishlash ta’tili berilganda xodimning avvalgi ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi.
Shu sababli vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning o‘rniga ishga qabul qilinayotgan fuqarolar bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilib, mehnat shartnomasining muddatini Mehnat kodeksining 114-moddasida nazarda tutilgan normalar bo‘yicha belgilash lozim.
Amaliyotda ayrim iqtisodchilar homiladorlik va tug‘ish yoki bola ikki va uch yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash ta’tiliga chiqqan xodimni o‘rniga boshqa xodim olib bo‘lmaydi deb noto‘g‘ri talqin qilishadi, bu esa xato.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, xodim homiladorlik va tug‘ish yoki bola ikki va uch yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash ta’tiliga chiqqanda uning darslari yuqoridagi norma bo‘yicha o‘qituvchilar o‘rtasida taqsimlanishi ham mumkin yoki ushbu xodimning o‘rniga muddatli mehnat shartnomasi asosida boshqa xodimni vaqtincha ishga qabul qilish ham mumkin.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

“Zakovat”da g'olib bo'lgan maktab o'quvchilari jamoasiga 100 mln so‘m berildi

Maktab yoshidagi bolalar uchun bank kartalari ochish bo‘yicha talablar ishlab chiqiladi

Vazir Hilola Umarovaga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sharoiti og‘ir bo‘lgan maktab hojatxonalari binoning ichida joylashtiriladi
Mavzuga doir yangiliklar

Yangi o‘quv yilidan 3-sinflarda ham informatika fani joriy etiladi
“Informatika va axborot texnologiyalari” fani 1-2-3-sinflarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladi.

Rahbar xodimlar darsi uchun soatbay haq to‘lanishi to‘g‘rimi?
Bu ish haqi miqdorining kamayishiga olib kelmaydi

O‘qituvchining bir stavkadan ortiq dars soatlari vakant sifatida ko‘rsatilishi shartmi?
Bu masala yuzasidan tegishli vazirliklarga so‘rov yuboriladi

O‘qituvchiga necha soatgacha dars berish mumkin?
Ularga 30 soatgacha dars berish mumkin, ammo...
Izohingizni tahrirlang