Yangi o‘quv yilidan maktab formasi majburiy bo‘ladimi?

10:05 / 10.07.2024
15.73k
Yodingizda bo‘lsa, bundan 7 yil avval Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘quvchilar o‘rtasida ijtimoiy tenglikni ta’minlash maqsadida respublikada yagona maktab formasini joriy etish taklifi bilan chiqqandi.
Shundan so‘ng 2018-yil 15-avgustda Vazirlar Mahkamasining yagona maktab formasi to‘g‘risidagi 666-sonli qarori qabul qilinib, maktab formasining shakllari tasdiqlangandi. Mazkur qaror bilan esa 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar maktab formasida kelishlari ixtiyoriy, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab esa to‘liq joriy etilishi belgilangandi.
Keyinchalik, ya’ni 2019-yil may oyida o‘sha davrda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan Saida Mirziyoyeva maktab formasini majburiy qilishdan ko‘ra maktablardagi boshqa muammolarga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlab, majburiy maktab formasi talab qilinishiga hali erta, deb aytgandi.
Shundan so‘ng, 2019-yil 18-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 509-sonli qarori qabul qilinib, yagona maktab formasi 2019-2020 o‘quv yilidan emas, 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab joriy etiladigan bo‘ldi.
2022-yil 19-may kuni esa hukumatning 271-sonli qarori bilan maktab formasi 2024-2025 o‘quv yilidan emas balki, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab majburiy bo‘lishi haqida qaror qabul qilindi.
Shundan so‘ng, ota-onalar va keng jamoatchilik tomonidan maktab formasining joriy qilinishi turli xil e’tirozlarga sabab bo‘ldi.
Jamoatchilikning e’tirozlari inobatga olinib, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi 558-sonli qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun tasdiqlangan shakllardagi yagona maktab formasini joriy etish talabi rasman bekor qilindi.
Ya’ni, yagona maktab formasi bosqichma-bosqich joriy etiladigan bo‘ldi. So‘nggi qabul qilingan qarorda esa yagona maktab formasi joriy etishning aniq muddati belgilanmadi.
Shu sababli, o‘quv yilidan yagona maktab formasi majburiy bo‘lmaydi.
Ammo o‘quvchilar “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq o‘quvchilarning ta’lim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan o‘g‘il bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq ko‘rsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda bo‘yni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi taqiqlanadi.
Ammo o‘quvchilar “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq o‘quvchilarning ta’lim muassasasi ustavida man etilgan libos va qiyofada, jumladan o‘g‘il bolalar kalta shim, futbolka, shippakda va qiz bolalar kalta, tor va tanani ochiq ko‘rsatuvchi yupqa (harir) kiyimda kelishi hamda bo‘yni va barmoqlariga turli xil taqinchoqlar taqishi taqiqlanadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

15:33 / 21.07.2025
Endi o‘quvchilar har yili chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

12:18 / 21.07.2025
Toshkent viloyatida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim berilayotgani aniqlandi

10:40 / 19.07.2025
5 oy ichida Toshkent viloyati MMTB rahbari yana almashtirildi

12:13 / 18.07.2025
Maktabgacha va maktab ta’lim tizimi mehnat qonunchiligi eng ko‘p buzilgan sohalardan biri deb topildi
Mavzuga doir yangiliklar

Endi o‘quvchilar maktabga istalgan kiyimda kelishi mumkinmi?
O‘quvchilar maktab Ustavida belgilangan formada kelishlari shart.
12:52 / 02.08.2024

Vazirlik maktab formasiga oid xabarlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikni so‘radi
Maktab o‘quvchilarining formada kelish tartibi ichki nizomlarida belgilangan.
16:44 / 03.08.2024
Izohingizni tahrirlang