2025-yilda sun’iy intellekt maktab o‘quvchilariga dars berishni boshlaydi
Janubiy Koreyaning LG va Samsung kabi texnologiya gigantlari sun’iy intellektni maktab ta’lim dasturlariga faol integratsiya qilmoqda.
2023-yildan beri LG 18 ta maktabda “kelajak sinfxonalari”ni joriy qildi, ularni raqamli doskalar va sun’iy intellekt asosida ishlaydigan CLOi robotlari bilan jihozladi, ular o‘quvchilar va o‘qituvchilarga savollarga javob berish va musiqa ijro etishda yordam beradi.
2025-yilda Janubiy Koreya 5 million maktab o‘quvchisi uchun sun’iy intellektga ega raqamli darsliklarni joriy etishni rejalashtirmoqda. Ushbu darsliklar har bir o‘quvchi uchun moslashtirilib, qo‘shimcha materiallar va yutuqlarga erishganlar uchun chuqurlashtirilgan dasturlar bilan ta’minlanadi.
Samsung generativ SI interaktiv displeylarini joriy qilish orqali ham o‘z hissasini qo‘shdi. Ushbu displeylar o‘qituvchilarga ovozli buyruqlar berish va dars ma’lumotlarini avtomatik ravishda qayd etish imkonini beradi, bu esa o‘qitish va o‘quvchilar bilan muloqot qilishni osonlashtiradi.
Ular “Naver” va “Kakao” ta’lim dasturlarini ishlab chiqdi va bu sohada raqobatni kuchaytirdi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktablarda dars soatlarini taqsimlash va direktor jamg‘armasidan ustama belgilash tartibi avtomatlashtiriladi
19-noyabrdan “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichi boshlanadi
“Ta’lim tizimida tartib o‘rnataman” — Erkinjon Turdimov
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikat imtihonida nega 90 ta test topshiradi?
Mavzuga doir yangiliklar
Xorij ta'limi
Sun’iy intellekt o‘quvchilarning asosiy yordamchisiga aylanib qolmoqdami?
Rossiyada o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, har uchinchi oila uy vazifalarini tayyorlashda neyrotarmoqlardan deyarli har kuni foydalanadi.
Yangiliklar
Vazirlik o‘qituvchilarga “Canva” uchun 20 million dollar to‘ladimi?
Hozirgi kunda “Canva”ning oddiy, bepul versiyasi cheklangan imkoniyatlar bilan foydalanuvchilarga taqdim etilib kelinadi. Ammo, dunyoda hech qaysi IT kompaniya 6,5 million auditoriyalik 10 000 dan ziyod maktabga, barcha o‘qituvchi va o‘quvchilarga, 3 yil davomida to‘liq imkoniyatlarni shunchaki “tekin” taqdim etmaydi.
Yangiliklar
Yangi o‘quv yilidan Navoiyda sun’iy intellektga ixtisoslashgan sinflar ochilishi mumkin
Yangi o‘quv yilidan boshlab Navoiy va Zarafshon shaharlarida “Bir maktab – bir IT sinf” tamoyili asosida ixtisoslashgan sinflar ochish taklif etildi.
Yangiliklar
“Endi o‘qituvchilar ishini virtual yordamchi bajaradi” — Sherzod Shermatov
Maktab ta’limi uchun sun’iy intellektga asoslangan platforma joriy qilinadi. Bunda o‘qituvchining virtual yordamchisi ishlab chiqiladi va platformaga integratsiya qilinadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang