Top.Mail.Ru
91 ta medal: O‘zbekiston fan olimpiadachilari haqiqiy qahramonlar!

91 ta medal: O‘zbekiston fan olimpiadachilari haqiqiy qahramonlar!

21:22 / 12.08.2024 5.56k

Odatda sport ligalaridagi yutuqlarimiz bilan juda ko‘p maqtanamiz va bu haqida deyarli hamma gapiradi. Xo‘sh, O‘zbekistonning xalqaro akademik reytinglardagi o‘rni qanday?


2021-2024-yillar oralig‘ida o‘zbekistonlik o‘quvchilarning turli xil olimpiadalarda qo‘lga kiritgan yutuqlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, medallar soni karrasiga ortganini kuzatish mumkin. Bu davr mobaynida o‘quvchilarimiz nufuzli musobaqalarda yanada yuqori natijalar ko‘rsatib, xalqaro maydonda O‘zbekiston nufuzini yanada oshirganliklari bilan ajralib turadi.


Masalan, 2021/2022-o‘quv yilida nufuzli xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda o‘quvchilar jami 45 ta medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2022/2023-o‘quv yilida 69 ta, 2023/2024-o‘quv yilida esa 91 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Yanada aniqroq aytadigan bo
lsak, O‘zbekiston terma jamoasining natijalari 2021/2022-o‘quv yilida 3 ta oltin, 17 ta kumush, 25 ta bronza – jami 45 ta medalni, 2022/2023-o‘quv yilida 8 ta oltin, 24 ta kumush, 37 ta bronza – jami 69 ta medalni, 2023/2024-o‘quv yilida 13 ta oltin, 26 ta kumush, 52 ta bronza – jami 91 ta medalni tashkil etdi.



Quyida 2023/2024-o‘quv yilida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro olimpiadalardagi o‘quvchilarning natijalari hamda medal sohiblari bilan batafsil tanishtirib o‘tamiz:


65-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)


Mazkur olimpiadada dunyoning 110 ta mamlakatidan 600 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Olimpiada Buyuk Britaniyaning Bat shahrida o‘tkazildi. Mazkur olimpiadada o‘quvchilarimiz tomonidan 5 ta medal (2 ta kumush va 3 ta bronza) qo‘lga kiritildi.


Ma’lumot uchun: Mazkur olimpiadalarda har bir davlatdan faqat 1 ta terma jamoaning ishtirok etishiga ruxsat beriladi.


Medal sohiblari:


Ozobek Axtamov –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Rasulbek G‘affarov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Madina Suyunova —  Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Elbek Zohidjonov —  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — kumush medal;


To‘lqin Jaylovov – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi— kumush medal.


54-Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)


Mazkur olimpiadada dunyoning 80 ta mamlakatidan 400 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etdi. Olimpiada Eronning Isfahon shahrida o‘tkazildi. Mazkur olimpiadada yurtimiz o‘quvchilari tomonidan 1 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.


Medal sohibi:


Javohir Sadullayev  - Nukus shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi - bronza medal.


56-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO)


Unda dunyoning 87 ta davlatidan 340 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi. Olimpiada Saudiya Arabistonining Riyod shahrida o‘tkazildi. Mazkur olimpiadada yurtimizning yosh va iqtidorli o‘quvchilari ham munosib ishtirok etib, ular tomonidan 4 ta medal (1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza) qo‘lga kiritildi.


Medal sohiblari:


Rahimov Daler –Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi - oltin medal;


Bahodirov Axror – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi - kumush medal;


Abdullayeva Saida –Navoiy shahridagi 11-maktabning 11-sinf o‘quvchisi - kumush medal;


Muxammadov Mirjaxon – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi - bronza medal.


Mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda ham O‘zbekiston terma jamoasi o‘quvchilarining natijalari yomon emas. Mazkur olimpiadalarda ham o‘quvchilarimiz ko‘plab medallarni qo‘lga kiritishgan. Quyida natijalar bilan tanishamiz.


Ma’lumot uchun: Mazkur olimpiadalarda har bir davlatdan 1 ta yoki bir nechta terma jamoalarning ishtirok etishiga ruxsat beriladi.


20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi


Ushbu olimpiada 2023-yilning 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida o‘tkazildi. Mazkur xalqaro olimpiadada dunyoning 56 davlatidan jami 308 nafar iqtidorli o‘quvchilar kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Unda o‘zbekistonlik o‘quvchilar 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.


Medal sohiblari:


Raximov Daler –  Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi – kumush medal;


Mamadaliyev Javohir – Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi – kumush medal;


Yuldashev Murodbek – Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o‘quvchisi – kumush medal;


Ashiraliyev Nursulton – Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi – bronza medal;


Erkinov Azizbek – Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi – bronza medal.


20-Xalqaro Jautikov olimpiadasi


Mazkur olimpiada 2024-yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida o‘tkazildi. Unda dunyoning 16 ta mamlakatlaridan 680 nafar o‘quvchilar (matematika fanidan - 286 nafar, fizika fanidan - 194 nafar, informatika fanidan - 200 nafar) ishtirok etdi.


Ushbu olimpiadada o‘quvchilarimiz  14 ta medal (2 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza) qo‘lga kiritdi.


Medal sohiblari:


Informatika:


Asilbek Sunnatov – Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi – oltin medal;


Husanboy Mansuraliyev – Namangan viloyati, Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi – kumush medal;


Matematika:


Madina  Suyunova – Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o‘quvchisi  oltin medal;


Asadbek  Boboqulov – Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi  kumush medal;


Begzod  Xoshimjonov – Andijon viloyati, Marhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi – kumush medal;


Behruzbek Elmurodov – Qashqadaryo viloyati,   Mirishkor tumani, 21-maktab 10-sinf o‘quvchisi  bronza medal;


Maqsadbek  Egamberdiev – Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Asilbek  Abduqayumov — Toshkent shahar, Westminster akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi — bronza medal;


Elbek  Zohidjonov — Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Farhod  Ochilov — Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Nurmuhammad  Otamurodov — Buxoro viloyati, Olot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Ozodbek  Axtamov — Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi —  bronza medal;


Azizbek Mamajanov — Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani 3-maktab 8-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Ozodbek Orifjonov — Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-maktab 10-sinf o‘quvchisi   bronza medal.


9-Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasi


Mazkur olimpiada 2024-yilning 11-16-mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Adigeya shahrida o‘tkazildi. Olimpiadada 4 nafar o‘quvchimiz tomonidan 4 ta medal (1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza) qo‘lga kiritildi.


Medal sohiblari:


Axtamov Ozodbek — Toshkent shahar ,  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktab, 10-sinf o‘quvchisi — oltin medal;


Zohidjonov Elbek — Toshkent shahar , Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o‘quvchisi — kumush medal;


Suyunova Madina — Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-Umumta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Boboqulov Asadbek  — Toshkent shahar,  S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi — bronza medal.


58-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi


Ushbu olimpiada 2024-yilning 20-26-aprel kunlari Xitoyning Shenjen shahrida o‘tkazildi. Unda 40 ga yaqin davlatlarning terma jamoalari ishtirok etgan bo‘lib, 6 nafar o‘quvchimiz tomonidan 5 ta medal (1 ta kumush va 4 ta bronza) qo‘lga kiritildi.


Medal sohiblari:


Rahimov Daler — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 10-sinf o‘quvchisi — kumush medal;


Bahodirov Ahrorbek — ITMA Ibn Sino TIM, 11-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Abdullayeva Saida — Navoiy viloyati, 11-son AFCHO‘IM, 11-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Adhamov Elyorbek — ITMA Ibn Sino TIM, 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Muxammadov Mirjaxon — ITMA Ibn Sino TIM, 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal.


41-Bolqon matematika olimpiadasi


Mazkur olimpiada 2024-yilning 27-aprel – 2-may kunlari Bolgariyaning Varna shahrida o‘tkazildi. Dunyoning 22 ta mamlakatlari terma jamoalari ishtirok etgan olimpiadada 6 nafar o‘quvchimiz tomonidan 5 ta medal (2 ta kumush va 3 ta bronza) qo‘lga kiritildi.


Medal sohiblari:


Axtamov Ozodbek  — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi — kumush medal;


Boboqulov Asadbek  – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi — kumush medal;


G‘affarov Rasulbek  – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Suyunova Madina  — Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Zohidjonov Elbek  — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal.


Osiyo-Tinch okeani mintaqasi informatika olimpiadasi


2024-yilning 18-may kuni Xitoy davlati tomonidan masofaviy tarzda o‘tkazilgan mazkur olimpiadada o’quvchimiz tomonidan 1 ta bronza medali qo’lga kiritildi.


Medal sohibi:


Asilbek Sunnatov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — bronza medal.


28-O‘smirlar o‘rtasidagi Bolqon matematika olimpiadasi


2024-yilning 25-30-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasida 28-Bolqon Matematika olimpiadasida xorijiy mamlakatlardan jami 135 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Olimpiada yakuniy natijalariga ko‘ra o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 3ta kumush, 3 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.


Medal sohiblari:


Ergashev Sarvarbek — Andijon viloyati, Marhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o‘quvchisi — kumush medal;


Anvarov Javohir —  Surxondaryo viloyati Angor tumani 3-sonli umumta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi — kumush medal;


Mamajonov Azizbek — Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumani  3-sonli umumta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi — kumush medal;


Abdulaziz Radjabov — Toshkent shahri, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Ikrom Hasanov — Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani 68-sonli umuta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Abdusalomov Umidjon — Andijon viloyati, Andijon shahar 1-son ixtisoslashgan maktab internati , 8-sinf o‘quvchisi — bronza medal.


Xalqaro nemis tili olimpiadasi


2024-yilning 16-22-iyul kunlari Germaniyaning Gyottengen shahrida o‘tkazilgan olimpiadada dunyoning 62 ta davlatidan 100 dan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etishdi. Unda o‘quvchimiz qizimiz tomonidan 1 ta oltin medal qo‘lga kiritildi.


Medal sohibi:


Rayyona Ibrohimova — Andijon shahri, 4-sonli maktab 10-sinf o‘quvchisi — oltin medal.


Xalqaro iqtisod olimpiadasi


Mazkur olimpiada 2024-yilning 22-31-iyul kunlari Xitoyning GongKong shahrida o‘tkazildi. Unda 52 ta davlatdan 250 dan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etishdi. Xalqaro iqtisod olimpiadasida o‘quvchimiz tomonidan 1 ta bronza medal qo‘lga kiritildi.


Medal sohibi:


Jasurbek Rizoqulov — Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi — bronza medal.


Xalqaro matematika musobaqasi


Mazkur musobaqa 2024-yilning 26-31-iyul kunlari Hindiston davlatida o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan 32 nafar o‘quvchimiz tomonidan 18 ta medal (3 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza) qo‘lga kiritildi.


Katta yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage III):


Axtamov Ozodbek — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi — oltin medal;


Boboqulov Asadbek — Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi — oltin medal;


Zohidjonov Elbek — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — kumush medal;


G‘affarov Rasulbek — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Kichik yoshlilar jamoasida(Key Stage II):


Mahkamova Dildora — Toshkent shahar, Olmazor tumani ITMA IM, 7-sinf o‘quvchisi — oltin medal;


Ostonov Baxtiyor — Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ITMA IMI, 7-sinf o‘quvchisi — kumush medal;


Amonov Mehmonbek — Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ITMA IMI, 8-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Mamajanov Azizbek — Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-sonli maktab, 8-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Shuningdek, ixtiyoriy ravishda ota-onasi va ustozlarining tashabbusi bilan ishtirok etgan o‘quvchilar orasidan 10 nafari muvaffaqiyatli ishtirok etdi va quyidagicha taqdirlandi.


Katta yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage III):


Aslonov Asadbek — Navoiy Qorako‘l IMI - 11 sinf o‘quvchisi — kumush medal;


Diyorov Davronbek — Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani 48-maktabning 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Rasulov Muhammadali — Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ITMA IMI, 8-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Radjabov Abdulaziz — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 8-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Norkulov Zufar — Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, 45-maktabning 8-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Kichik yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage II):


Kamolov Kamronbek — Buxoro shahar, 35-IDUMning 6-sinf o‘quvchisi — kumush medal;


Olimboyev Muhammad — Guliston shahar, Prezident maktabining 6-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Sattorov Abbos — Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ITMA IMI, 7-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Ubaydullayev Umarbek — Toshkent shahar, Sergeli IMIning 6-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Mardonov Muhammadshoh — Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ITMA IMI, 6-sinf o‘quvchisi — bronza medal.


Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi


Ushbu olimpiada 2024-yilning 9-14-iyun kunlari Buxoro shahrida tashkil qilindi. Unda dunyoning 19 ta mamlakatidan 120 nafar iqtidorli yoshlar (30 ta jamoa) ishtirok etdi. Xalqaro olimpiadada o‘quvchilarimiz tomonidan 12 ta medal (3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza) qo‘lga kiritildi.


Medal sohiblari:


Sharifov G‘olibjon — Buxoro viloyati, Kogon tumani 3-sonli maktab, 11-sinf o‘quvchisi — oltin medal;


Ahtamova Mehrangiz — Navoiy viloyati, Navoiy shahar, ITMA PM 11-sinf o‘quvchisi — oltin medal;


Chorikulova Parvina — Buxoro viloyati, Buxoro shahar, 35-IDUM 11-sinf o‘quvchisi — oltin medal;


Yoqubjonov Abdurahmon — Toshkent shahar, Olmazor tumani, ITMA Ibn Sino TIM 10-sinf o‘quvchisi — kumush medal;


Qurbonboyev Sardor — Toshkent shahar, Olmazor tumani, ITMA Ibn Sino TIM 11-sinf o‘quvchisi — kumush medal;


Qudratova Mashhura — Navoiy viloyati, Navoiy shahar, ITMA PM 9-sinf o‘quvchisi — kumush medal;


Gafurova Rayhona — Toshkent shahar, Olmazor tumani, ITMA Ibn Sino TIM 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Ozodov Kamoliddin — Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani, 15-sonli maktab 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Sharipova Asalxon — Xorazm viloyati, Urganch tumani, 27-sonli maktab  10-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Ashiraliyev Nursulton — Jizzax viloyati, Jizzax shahar, ITMA PM 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


To‘ymurodova Dilnoza — Buxoro viloyati, Jondor tumani, 33-sonli maktab 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Nekkulov Rasul — Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, ITMA 1-son IMI 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal.


Turkmanistonda tashkil qilingan xalqaro matematika olimpiadasi


2024-yilning 25-30-mart kunlari Turkmanistonning Arkadag‘ shahrida turkman shoiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi 2ta oltin,  2ta kumush va 5ta bronza medallariga ega chiqishdi.


Medal sohiblari:


Ortiqov Yusufjon — Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi — oltin medal;


Egamberganov Maqsadbek — Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi — oltin medal;


Ochilov Farhod — Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi — kumush medal;


Mamatov Murodjon — Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — kumush medal;


Rustamov Anvar — Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Tairov Tohirjon — Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Muhammedov Mirshod — Buxoro shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Bafoyev Ulug‘xo‘ja — Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 46-maktabning 9-sinf o‘quvchisi — bronza medal;


Durdiyev Xushnudbek — Buxoro viloyati Olot tumanidagi 10-maktabning 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal.


Ma’lumot uchun: 36-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) 2024-yilning 1-8-sentabr kunlari Misrning Aleksandriya shahrida bo‘lib o‘tadi. Xalqaro geografiya olimpiadasi (iGeo 2024) esa 2024-yilning 19-24 avgust kunlari Irlandiya Dublin shahrida bo‘lib o‘tadi.


Shu sababli, mazkur olimpiada natijalari haqida maqolada ma’lumotlar qayd etilmagan. Maqola to‘ldirib boriladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Xalqaro olimpiada

Ulashish