Alisher Qodirov vazir Xilola Umarova faoliyatini tanqid qildi

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatini tanqid qilib, ta’limga keragicha mablag‘ ajratilayotgan bo‘lsa-da, vazirlik yetarli ishlar qilmayotganini aytdi.
Alisher Qodirov buni o‘zining rasmiy telegram sahifasida yozib qoldirgan. U bu xabarni Andijondagi maktablarning birida og‘ir mehnatga jalb qilingan o‘qituvchilardan birining qo‘li singani haqidagi xabar e’lon qilingandan so‘ng yozib qoldirgan.
U 20 yil ishlab, malaka topmagan, yoki, qo‘lida diplomi bilan sohada adashib yurganini juda yaxshi biladigan, boshqa ish chiqquncha bog‘cha yoki maktabda kun sanab yurganlarning malakasini oshirish uchun pul sarf qilishda ma’no yo‘qligini aytgan.
Uning aytishicha, vazir Xilola Umarova Qonunchilik Palatasiga tasdiqlanib ketganidan buyon biron marta ham Parlamentga hisobot topshirishga kelmagan.
“Milliy tiklanish” partiyasi fraksiyasi an’anaviy tarzda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatiga e’tibor qaratdi.
Tarbiya va ta’lim - islohotlarning eng ustuvor masalasi sifatida qabul qilinib, keragicha mablag‘ ajratilayotgan bo‘lsa-da, vazirlik yetarli ishlar qilmayapti deb hisoblaymiz, chunki bog‘cha va maktab o‘zgarmayapti.
Mas’ullar tarbiya va ta’limda natija ko‘rinishi uchun vaqt kerakligini aytishmoqda, bu to‘g‘ri, lekin vaqti kelib natija ko‘rinishi uchun bugun tizimli ishlar bo‘lishi kerak. Masalan, bog‘chada 126 ming tarbiyachining 48 ming nafari oliy ma’lumotga ega, xolos. Tarbiyani hal qiluvchi bosqichi kimlarning qo‘lida?
20 yil ishlab, malaka topmagan, yoki, qo‘lida diplomi bilan sohada adashib yurganini juda yaxshi biladigan, boshqa ish chiqquncha bog‘cha yoki maktabda kun sanab yurganlarni malakasini oshirish uchun pul sarf qilishda ma’no bormi?
Tarbiyachi ham, o‘qituvchi ham ish o‘rnini yo‘qotmaslik uchun o‘z ustida tinimsiz ishlashi, ish beruvchi oldida malakasini tasdiqlashi kerak. Bu xarajatlarni kamaytirish maoshlarni jozibali qilish uchun qo‘shimcha manba yaratadi, hamda tarbiyachi va o‘qituvchilarni raqobatbardosh qiladi, tarbiya va ta’lim sifatini oshiradi.
Balki deputatlar joylarda ko‘zi bilan ko‘rayotganlari xatodir? Vazirlik ajoyib ishlarni qilayotgandir? Buni xalq vakillariga kim izohlaydi?
Vazir Umarova Qonunchilik Palatasiga tasdiqlanib ketganidan keyin biron marta ham hisobotga kelmadi. Davlat rahbari aytganidek: Parlamentga munosabat xalqqa munosabatni ko‘rsatadi…
Tarbiya va ta’limda statistika bilan o‘zimizni aldamasligimiz kerak, bu kelajakka xiyonatdan boshqa narsa emas!”, - deydi Alisher Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, kuni-kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining axborotini eshitgani haqida ma’lum qilgandi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Yana 4 nafar o'qituvchi vazirlikni sudga bergani uchun bosimga uchragani aytilmoqda

Xorijiy til o‘qituvchilariga B2 sertifikati uchun avgust oyida qo‘shimcha imtihon o‘tkaziladigan bo‘ldi

Toshkentda maktab avtobuslarini ishga tushirish taklif qilindi

Bugundan boshlab maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat yuzasidan reydlar boshlanadi
Mavzuga doir yangiliklar

Vazir Hilola Umarova faoliyatiga ikki yil
Vazir bu davr mobaynida qanday islohotlar qildi?

Vazir Hilola Umarovani yaqindan taniysizmi?
U 2023-yilning 30-dekabrda vazir bo'lgandi

Ayrim maktablarda tibbiyot xonalari yo‘qligi uchun vazirga parlament so‘rovi yuborildi
Mavjud tibbiyot xonalari ham zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagan.

Xilola Umarova maktablardagi tibbiyot xonalari haqidagi parlament so‘roviga javob yubordi
Avvalroq vazirga parlament so'rovi yuborilgandi.
Izohingizni tahrirlang