"Open Budget" uchun majburiy ovoz yig‘ishda maktablar yetakchilik qilmoqda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, umumta’lim maktablari majburiy ovoz berishda yetakchilik qilmoqda. Ayni vaqtda 1282 ishonch telefoni va tarmoqlarda qoldirilayotgan shikoyat va murojaatlarning eng katta qismini aynan maktablar tashkil qilmoqda.
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘qituvchilarning “Open Budget”ga majburiy jalb etilayotganligi haqidagi xabarlar ham ko‘payib bormoqda. Bu haqda iqtisodchi, Otabek Bakirov ham o‘zining telegram sahifasida yozib qoldirgan.
“Maktab o‘qituvchilariga majburiy ovoz berish holatlarini kamaytirish maqsadida, Tashabbusli byudjet ikkinchi mavsumini yozgi ta’til vaqtida o‘tkazishga qaror qilingandi. Ko‘rinyaptiki, hatto yozgi ta’til vaqti ham o‘qituvchilar uchun majburlashdan xavfsiz va xoli payt emas ekan.
Tarmoqlarda o‘qituvchilarga kelayotgan o‘quv yilida kamroq dars taqsimlash yoki dars bermaslik, qo‘rqituvi bilan ovoz yig‘ishga majburlash yuz berayotgani haqida ko‘p yozilmoqda”, - deydi O.Bakirov.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma’lum qilishicha, kelib tushgan barcha murojaatlar ko‘rib chiqish uchun tegishli tuman (shahar) Xalq deputatlari Kengashlariga yuboriladi hamda holat o‘z tasdig‘ini topsa, mazkur loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

23 ming nafar maktab bitiruvchilari hali ham pasport olmagan

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari jinoyat ustida qo‘lga olindi

O‘quvchilar uchun yangi olimpiada tashkil etilib, g‘oliblar grant asosida o‘qishga qabul qilinadi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab xalqaro maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Mavzuga doir yangiliklar

Majburiy ovoz to‘plangan maktablar “Open Budjet”dan chetlatiladi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli budjet” loyihasida majburiy ovoz to‘plangan loyihalarni ovoz berish bosqichidan chetlatilishini ma’lum qildi.

“Open Budjet” mashmashasi: O‘zlari majburlab, o‘zlari jazolashmoqda
So‘nggi kunlarda pedagog xodimlar va o‘quvchilarning “Open Budjet” uchun ovoz yig‘ish ishlariga majburiy jalb qilinishi yana kun tartibiga chiqdi.

“OpenBudjet” uchun o‘qituvchilardan pul yiqqan direktor ishdan olingan
“OpenBudjet”da ovoz yig‘ish uchun 700 ming so‘mdan ushlab qolishni talab qilgan direktor bilan mehnat shartnomasini bekor qilingan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri ma’lum qildi.

Endilikda maktablar “Mening maktabim” loyihasida ovoz berish yo‘li orqali jihozlanadi
Loyihaning joriy yilgi mavsumi dekabr oyida o‘tkazilishi belgilangan
Izohingizni tahrirlang