Top.Mail.Ru
"Open Budget" uchun majburiy ovoz yig‘ishda maktablar yetakchilik qilmoqda

"Open Budget" uchun majburiy ovoz yig‘ishda maktablar yetakchilik qilmoqda

14:21 / 28.08.2024 1.28k

Iqtisodiyot va moliya vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, umumta’lim maktablari majburiy ovoz berishda yetakchilik qilmoqda. Ayni vaqtda 1282 ishonch telefoni va tarmoqlarda qoldirilayotgan shikoyat va murojaatlarning eng katta qismini aynan maktablar tashkil qilmoqda.


So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘qituvchilarning “Open Budget”ga majburiy jalb etilayotganligi haqidagi xabarlar ham ko‘payib bormoqda. Bu haqda iqtisodchi, Otabek Bakirov ham o‘zining telegram sahifasida yozib qoldirgan.

“Maktab o‘qituvchilariga majburiy ovoz berish holatlarini kamaytirish maqsadida, Tashabbusli byudjet ikkinchi mavsumini yozgi ta’til vaqtida o‘tkazishga qaror qilingandi. Ko‘rinyaptiki, hatto yozgi ta’til vaqti ham o‘qituvchilar uchun majburlashdan xavfsiz va xoli payt emas ekan.

Tarmoqlarda o‘qituvchilarga kelayotgan o‘quv yilida kamroq dars taqsimlash yoki dars bermaslik, qo‘rqituvi bilan ovoz yig‘ishga majburlash yuz berayotgani haqida ko‘p yozilmoqda”, - deydi O.Bakirov.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining ma’lum qilishicha, kelib tushgan barcha murojaatlar ko‘rib chiqish uchun tegishli tuman (shahar) Xalq deputatlari Kengashlariga yuboriladi hamda holat o‘z tasdig‘ini topsa, mazkur loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi yoki g‘oliblar ro‘yxatidan chiqarilishi mumkin.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • OpenBudget

Ulashish