Maktablardagi shtatlarni qisqartirish taklifi kimdan chiqqandi?
Umumta’lim muassasalaridagi ayrim lavozimlar qisqarishi mumkinligi haqidagi xabarlar ancha avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ulgurgandi.
Shundan so‘ng, xalqtaliminfo.uz tahririyati o‘z surishtiruvlarini boshlagandi. Shu kunning o‘zida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova bilan bog‘lanib, kerakli ma’lumotlarni olgan.
Vazirlik Axborot xizmati bu taklif vazirlik tomonidan tayyorlanmaganligini va bugungi kunda shtatlar qisqartirilishi bo‘yicha hech qanday me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirish kiritilmaganligini ma’lum qilgandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda bu taklif Iqtisodiyot va moliya vazirligidan chiqqanligi aytilgan.
Shu sababli, xalqtaliminfo.uz tahririyati 2024-yil 12-iyun kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga rasmiy xat yo‘llab, mazkur taklif qaysi vazirlik tashabbusi bilan amalga oshirilayotgani haqida ma’lumotlarni olishga uringandi.
Ammo Iqtisodiyot va moliya vazirligi saytda e’lon qilingan materialga ham rasmiy munosabat bildirmay, bizning so‘rovimizga hech qanday javob xati yo‘llamadi.
Ta’lim muassasalaridagi ayrim lavozimlarni qisqarish haqidagi taklifda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha metodist lavozimi, shuningdek Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati xodimlari lavozimini qisqartirish nazarda tutilgandi.
Aslida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktablardagi shtatlarni qisqartirmaslik uchun maksimal darajada harakat qilgan. Shuningdek, hujjat loyihasida nazarda tutilgan boshqa ayrim shtatlarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin afsuski, psixolog va laborant shtat birliklarini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.
Izohlar 7
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 mln so‘m tovon puli undirib beriladigan bo'ldi
Milliy sertifikat test javoblarini olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Poytaxt maktablarida milliy libos kiyish majburiy etib belgilandi...mi?
2025-yil 1-iyundan maktab direktor o‘rinbosari lavozimlaridan biri tugatiladi
Mavzuga doir yangiliklar
Maktabdagi “zavuch” lavozimi tugatilyaptimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda shunday xabarlar tarqaldi
CHQBT shtat birligi Mudofaa vazirligiga o‘tkaziladi
Bu haqda ta'limga oid taqdimotda aytildi
Oddiy maktablarda qisqartirilgan laborant lavozimi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda joriy qilindi
Avvalroq oddiy maktablarda ushbu lavozim tugatilgandi
Shtatlar qisqarganda ham ayrim toifadagi xodimlarni ishdan bo‘shatib bo‘lmaydi
Bu jinoiy javobgarlikka ham sabab bo‘lishi mumkin
Izohingizni tahrirlang