Ta’lim muassasasiga tijorat kompaniyasi xodimlarini kiritgan direktorlar ishdan olindi
Mahalla raislari ham pul tikib, targ‘ib qilayotgan HNK media kompaniyasi ta’lim muassasalari, xususan, maktablar va bog‘chalarga qadar kirib borgan. Bu haqda Kun.uz nashri ma’lum qildi.
“Faoliyati shubhali bo‘lgan va moliyaviy piramida ekani aniq ko‘rinib turgan HNK kompaniyasi imkon qadar ko‘proq odamni “to‘riga ilintirish” uchun arzimagan “saxiylik” bahonasida hatto ta’lim maskanlariga borib, targ‘ibot ishlarini amalga oshirmoqda. Ta’lim va tarbiya maskanlarining rahbarlari esa bunga ochiqchasiga yo‘l qo‘yib bermoqda”, deyiladi Kun.uz nashri bergan xabarda.
Masalan, HNK vakillari turli hududlardagi maktablarga borib, go‘yoki xayriya tadbiri o‘tkazgan. Lekin shu bahonada o‘quvchilarga kompaniya logotipini ushlatib, targ‘ibot ishlarini olib borgan.
Shundan so‘ng, holatni Bolalar ombudsmani batafsil o‘rganib, holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.
Aniqlanishicha, holatlardan biri Chust tumanidagi 69-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan bo‘lib, Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ta’lim maqsadlariga zid ravishda maktabda ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirlar tashkil etganligi uchun maktab direktori J.T. ga intizomiy chora qo‘llanilib, u lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, yana bir holat Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ham yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan bunga yo‘l qo‘ygan maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi v.v.b. A.Z. ga ham tegishli intizomiy chora ko‘rilib, u vazifasidan ozod etildi.
“Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida turli media tijorat kompaniyalari targ‘ibotining o‘tkazilishi ta’lim muassasalarning maqsad va vazifalariga nomuvofiq bo‘lishi bilan birgalikda, qonunchilik talablariga ham ziddir.
Ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tashviqot tadbirlariga bolalarni jalb etilishiga nisbatan qat’iy murosasiz bo‘lish va bunday nomaqbul holatlarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli qonuniy choralar ko‘rish shartligi yuzasidan Bolalar ombudsmani MMTVga tegishli xulosa kiritdi”, deyiladi Bolalar ombudsmani bergan rasmiy bayonotda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
MMTB mas’ullari 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun berganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
Yangiliklar
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Avvalroq Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani haqida xabar bergandik.
Yangiliklar
Maktab maslahatchisi o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamaldi
Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani bilan bog‘liq holat jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqildi.
So'ragan edingiz
O‘z vaqtida pasport olmagan maktab o‘quvchisiga chora ko‘rsa bo‘ladimi?
Bitiruvchilarning 55 ming (14%) nafari pasport (ID karta) olmagan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang