Malaka toifasi “bazada” ko‘rinmayotgan o‘qituvchilar nima qilishi kerak?
                    Savol
Ba’zi o‘qituvchilarning malaka toifasi “UzASBO” da ko‘rinmayapti. “ERP bazada” ham ko‘rinmay qolgan. 25 yildan buyon ishlayotgan oliy toifali o‘qituvchilar esa mutaxassis toifasiga tushib qoldi. Bu o‘qituvchilarning muammosini qanday hal qilish mumkin?
Javob
Hozirgi kunda bunday holatlar respublikamizning juda ko‘p hududlarida kuzatilmoqda. Shu sababli, mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida xalqtaliminfo.uz Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Rahimboyev bilan bog‘landi.
Sardor Rahimboyevning aytishicha, “UzASBO-2” dasturiga barcha platformalar integratsiya qilinib, “ERP bazasi” orqali uzatish yo‘lga qo‘yilgan.
Tizimni raqamlashtirish orqali ko‘plab muammolarning oldi olinadi. Lekin yangi tizim bo‘lganligi uchun ba’zi hollarda ayrim muammolar ham kuzatilib turibdi.
Hozirgi kundagi asosiy muammolar ancha yil avval olingan malaka toifalar, ularning eski sertifikatlarini tizimga yuklash bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar bilan sodir bo‘lmoqda.
Sababi, u vaqtlarda bu kabi ma’lumotlar jismoniy shaxslarning JShShIRga bog‘lanmagandi. Shuning uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi barcha hududlarda ishchi guruh tashkil etib, ularga mana shunday muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha qat’iy topshiriq bergan.
Shunday muammolarga duch kelgan pedagoglar kimga murojaat qilishi kerak?
Malaka toifasi “bazada” ko‘rinmagan, ba’zi sabablarga ko‘ra malaka toifasi mutaxassis toifasiga tushib qolgan pedagog xodimlar hududlarda tashkil etilgan ishchi guruh a’zolariga murojaat qilishlari lozim.
Hududlarda tuzilgan ishchi guruh a’zolari haqida ma’lumotlar
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi
 
Aytmambetov Nurmuxamet – 99-957-87-38
Sarsenbaev Jamalatdin – 99-382-75-18
- Andijon viloyati
 
Nurdinov G‘ulomidan – 91-492-52-00
Yo‘lchiyev Jahongir – 91-600-14-41
Abdurashidov Shukrullo – 97-777-45-65
- Qashqadaryo viloyati
 
Kambarov Zaxriddin – 90-444-11-10
Yolqinov Suhrob – 95-778-08-55
Xamidov Davron – 90-721-31-12
Radjabov Botirjon – 91-955-05-12
Shodmanov Xurshid – 95-139-17-17
- Toshkent shahar
 
Urazova Nasiba – 97-784-38-14
Xakimova Zebo – 90-964-58-06
- Jizzax viloyati
 
Qurbonova Nazokat – 91-567-33-44
Raxmatullayev Axadulla – 88-485-01-10
Sadullayeva Farangiz – 99-666-02-09
- Sirdaryo viloyati
 
Murotqulov Muzaffar – 99-026-07-86
Berkinov Rashid – 93-329-99-61
- Buxoro viloyati
 
Afakov Shokir – 97-308-36-68
Yashuzakov Suxrob – 91-244-81-85
To’yev Baxtiyor – 93-961-30-30
Niyozov Narimon – 93-431-24-28
- Namangan viloyati
 
Mamajonov Baxtiyor – 88-532-00-05
Eshonov Baxriddin – 94-150-70-02
Ubayev O‘tkirbek – 33-062-05-05
- Navoiy viloyati
 
O‘rozov Alisher – 97-795-97-27
Ne’matov Yunus – 97-367-01-86
- Farg‘ona viloyati
 
Siddiqov Doniyor – 91-691 44 66
Mirzamaxmudov Murodil – 77-444-33-66
Usmonov Nizmomiddin – 94-827-52-51
Isroilov Hasanboy – 91-111-18-01
Ortiqov Asilbek – 90-164-02-65
- Toshkent viloyati
 
Shermatov Dilshod – 90-343-14-62
Baxromov Begzod – 88-760-67-76
- Surxondaryo viloyati
 
Shoimov Asomiddin – 97-692-95-55
Juraqulov Abdusattor – 94-209-64-54
- Xorazm viloyati
 
Vaisov Jaxongir – 99-026-80-86
Latipov Ulug‘bek – 94-071-98-88
Abdrimov Jamshid – 90-434-66-76
- Samarqand viloyati
 
Usmanova Nargiza – 93-335-84-71
Xo‘jamqulov O‘ktam – 97-916-72-84
Abdiyev Bunyod – 93-348-38-78
Nusratov Isomiddin – 99-591-09-36
Xolikulov Ilxom – 97-286-31-89
Ganiyev Erali – 93-724-11-16
Maxmadustov Amin – 99-591-36-70
Yakubov Murodillo – 91-528-27-88
15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan oliy toifali o‘qituvchilar masalasi nima bo‘ladi?
Xabaringiz bor, 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan ayrim oliy toifali o‘qituvchilarning malaka toifasi umrbod saqlanib qolindi. Lekin mazkur toifaga kiradigan o‘qituvchilarning malaka toifasi uchun ayrim hududlarda qo‘shimcha haq to‘lanmayotgani haqida xalqtaliminfo.uz’ga murojaatlar kelib tushmoqda.
Tahririyat mazkur masala yuzasidan ham vazirlik mas’ul xodimi Sardor Rahimboyevga yuzlandi.
Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunda bu masala bo‘yicha ham hududlarda tuzilgan ishchi guruhlar tinimsiz ish olib bormoqda. Tez orada bu kabi muammolar hal etiladi va qayta hisob-kitob qilinib, o‘qituvchilarga o‘rtadagi farq to‘lab beriladi.
“Biz respublika bo‘yicha 20 mingdan ortiq pedagoglarning sertifikatlarini tiklashga muvaffaq bo‘ldik. Shundan, 6007 nafar pedagoglarning malaka toifalarini umrbodga saqladik.
Agar qaysidir hududda anglashilmovchilik bo‘lib, 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan ayrim oliy toifali o‘qituvchilarning malaka toifasi umrbod saqlanmay qolib ketgan bo‘lsa, ular yuqorida ro‘yxati taqdim qilingan ishchi guruhga murojaat qilishi lozim”, - deydi Sardor Rahimboyev.
Vaziyatdan foydalanib, soxta hujjat taqdim etayotgan o‘qituvchilar ham bor
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Sardor Rahimboyevning aytishicha, hozirgi vaziyatdan noto‘g‘ri yo‘lda foydalanib, vazirlikni aldamoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar ham uchrab turibdi.
“Avval tizimga kiritilmagan malaka toifasi sertifikatlarini platformaga kiritish jarayonida ayrim qalbaki sertifikatlarga ham duch kelmoqdamiz.
Ming afsuski, pedagoglarimiz orasida boshqa bir o‘qituvchining sertifikatini qalbakilashtirib, turli xil dasturlar orqali o‘zining nomiga rasmiylashtirib olganlar ham uchrab turibdi.
Bu harakatlari bilan ayrim pedagoglarimiz o‘zlarini noqulay ahvolga solib qo‘ymoqda. Chunki, tizimga joylangan sertifikatlarni platformaga qayta yuklanganida, u qalbaki sertifikat ekanligi ma’lum bo‘lib qoladi.
Ya’ni, platformaga qalbaki sertifikatni joylashning imkoni yo‘q. Barchasi mukammal tarzda ishlab chiqilgan. Ayrim o‘qituvchilar esa, bila turib qalbaki sertifikatni olib kelib, mening sertifikatim “ERP bazasi”dan chiqmayapti deb, uyalmay shikoyat qilmoqda”, - deydi Sardor Rahimboyev.
Eslatib o‘tamiz, qalbaki sertifikatlar aniqlanadigan bo‘lsa, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasiga asosan sudga murojaat qilishi va aybi isbotlangan holatda eng kamida ushbu xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilishi mumkin.
Izohlar 11
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
                        
                    
                    
                    Yangiliklar
                                Vazir E’zoza Karimova YUNESKO 43-sessiyasi doirasida bir qator Ta’lim vazirlari bilan uchrashdi
                                “Apellyatsiya natijasidan qoniqmaganlar sudga murojaat qilishi mumkin” — vazirlik
                                Vazirlik pedagoglarning “Yil o‘qituvchisi” natijalarini o‘zgartirib qo‘ygani aytilmoqda
                                Endilikda fan olimpiadasi natijalari dars taqsimotida hech qanday ustunlik bermaydi
Mavzuga doir yangiliklar
                                                                                                    Yangiliklar
                                
                                Endi malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama uchun ball qo‘shib beriladi
Pedagog xodimlarga malaka toifasi darajasiga qarab, direktor jamg‘armasi hisobidan tayinlanadigan ustama uchun 5 balldan 20 ballgacha qo‘shib beriladi.
                                                                    Endilikda qaysi pedagoglar umrbod malaka toifasini saqlab qoladi?
2025-yil 1-sentabrdan boshlab barcha pedagoglar har 5 yilda attestatsiya test sinovlariga jalb qilinishi belgilandi.
                                                                                                    Yangiliklar
                                
                                Endilikda psixologlar ham malaka toifasi olishi mumkin
Shu vaqtga qadar ular attestatsiyaga jalb qilinmagandi
                                                                                                    So'ragan edingiz
                                
                                Qanday holatda 15 yillik ish stajiga ega o‘qituvchining toifasi umrbod saqlanadi?
Bu haqda Bosh vazirning ko‘rsatmasi mavjud
                
                
                
            
                
                                O'zbek 
                                                                                                                                                                                
                                
                                
                                
                        
                                    
Izohingizni tahrirlang