Nosozlikmi yoki ogohlantirish? Vazirlik test sinovi vaqtidagi holatga tushuntirish berdi
Bugun Informatika va axborot texnologiyalari fanidan bo‘lib o‘tayotgan attestatsiya test sinovlari vaqtida ayrim hududlarda platforma yana ishlamay qolgani haqida xabar bergandik.
Shundan so‘ng, biz ham Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining cams.uzedu.uz platformasidan jarayonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib, holatni tekshirib ko‘rdik.
Biz esa ikki nafar (ayol) pedagoglar test topshiriqlarini bajarayotgan vaqtida platformada nosozlik yuzaga kelib, test birdan yakunlanib qolganligiga guvoh bo‘ldik. Taxminan, 10 daqiqalardan keyin esa platforma yana ishlab ketgan.
Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari xalqtaliminfo.uz'ga tushuntirish berdi.
Vazirlik mas’ullarining aytishicha, videoda e’lon qilingan holatda nosozlik bo‘lmagan, balki pedagoglar tomonidan noto‘g‘ri amallar bajarilgan bo‘lishi ham mumkin.
Shuni ham alohida ta’lidlash lozimki, bugungi nosozlik darajasi joriy yil 15-aprelda bo‘lib o‘tgan holatdan tubdan farq qiladi. Ya’ni, bu safar pedagog xodimlar testga kirguniga qadar kichik nosozliklar kuzatildi, lekin test jarayoni boshlangach, tizimda deyarli nosozlik kuzatilmadi.
Xo‘sh, test jarayoni vaqtida pedagoglar qanday harakat qilsa, platforma ogohlantirish beradi?
Test jarayonida faqat numberpad (raqamli klaviatura) ishlatilishi mumkin, boshqa tugmalar (masalan, Alt, Tab yoki Windows tugmalari) bosilganda, dastlab ogohlantirish paydo bo‘ladi. Agar bu holat yana takrorlansa, ekranda qizil rangda ogohlantiruvchi oyna paydo bo‘ladi.
Shunda kuzatuvchi so‘nggi marta ogohlantirib, maxfiy kodni kiritish orqali testni davom ettirishga ruxsat beradi. Ushbu harakat yana qaytarilsa, tizim avtomatik tarzda pedagogni testdan chetlashtiradi. Umuman olganda, platforma qoidabuzarliklarni ikki marta kechiradi, ammo uchinchi marta bunday urinish qilinsa, pedagog testdan chiqarib yuboriladi.
Shuningdek, test sinovi paytida o‘qituvchi boshqa tomonga qarab, kim bilandir gaplashgan bo‘lsa, yoki ko‘p harakatlansa ham platforma ogohlantirish berishi mumkin. Bu haqda vazirlik tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ham batafsil javob berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, texnik nosozlik joriy yilning 15-aprel kuni ham aynan Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarida kuzatilgandi. Shundan so‘ng vazirlik attestatsiyadan norozi bo‘lgan pedagog kadrlarga yana qayta testda ishtirok etishga ruxsat berishga majbur bo‘lgandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Oliygoh bitiruvchilari sifati indeksida ta’lim yo‘nalishi yetakchi uchlikdan joy oldi
Maktab direktori lavozimi uchun 10 ming AQSH dollari talab qilgan MMTB xodimi qo‘lga olindi
2026-yil sentyabrga qadar maktablarga 2000 nafar “til egalari” jalb qilinadi
Endi maktablarda “Halollik to‘garagi” o'tiladi
Mavzuga doir yangiliklar
Ta'lim siyosati
Bo‘lajak pedagoglar bilimini ikki marta baholashdan mantiq bormi?
O‘qituvchi malaka toifasi olishi uchun test topshiradi, vazir jamg‘armasi ustamasi uchun test topshiradi, qo‘shimcha ustamalar uchun test topshiradi. Endi esa navbat hali oliygohni tamomlamagan bo‘lajak pedagoglarga keldi.
Ta'lim siyosati
Bir xil test, ikki xil bosqich: vazirlik bo‘lajak o‘qituvchilar uchun yangi diagnostika tizimini tasdiqladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ta’lim ekspertlari va jamoatchilik tomonidan bildirilgan e’tirozlarga qaramay, hujjatni amaldagi tahririda davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Yangiliklar
5 ming nafardan ortiq o‘qituvchi attestatsiyasiz toifa oldi
Belgilangan talablarga javob beradigan pedagog kadrlarga malaka toifalari sinov jarayonlari o‘tkazilmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilishi qayd etilgan.
Ta'lim siyosati
Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkazish tashabbusi bo‘yicha xavotirlar
Mazkur loyihaning qabul qilinishi pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirmaydi, balki yangi muammolar va yuridik kolliziyalarni yaratish orqali ortga tortadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang