11-noyabr maktablarda dam olish kuni hisoblanadimi?
Savol
11-noyabr Kasaba uyushmasi xodimlari bayrami munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilinganmi? Bu kuni ham dam olish kuni bo‘ladigan bo‘lsa, mavzularni jurnalga qanday tartibda yozamiz? Yoki tig‘izlashtirgan holda boshqa kunga ko‘chiramizmi?
Javob
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-noyabrdagi O‘RQ-648-son Qonuni bilan 11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni etib belgilan.
Ya’ni, 11-noyabr haqiqatdan ham bayram sanasi hisoblanadi, lekin bu sana ishlanmaydigan bayram kunlari tarkibiga kirmaydi. Shu sababli, (olti kunlik ish haftasida ishlovchi) barcha muassasa va tashkilotlar uchun 11-noyabr ham rasman ish kuni hisoblanadi.
Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra quyidagi sanalar ishlanmaydigan bayram kunlaridir:
- 1-yanvar — Yangi yil;
- 8-mart — Xotin-qizlar kuni;
- 21-mart — Navro‘z bayrami;
- 9-may — Xotira va qadrlash kuni;
- 1-sentyabr — Mustaqillik kuni;
- 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
- 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni;
- Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
- Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, maktab o‘quvchilari uchun 4-noyabrdan boshlanadigan kuzgi ta’til yakunlangach, 11-noyabrdan dars jarayonlari boshlanadi.
Bunda 11-noyabr kuni ham odatdagidek dars jarayonlari bo‘ladi. Shu sababli elektron (qog‘oz) jurnalga ham o‘zgartirishlar kiritish talab etilmaydi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Qo‘shimcha dam olish kunlari hisobiga oyliklar kamayadimi?
Bu yil Qurbon hayiti 27-may – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelib, prezidentning tegishli farmoni bilan barcha uchun 2 kun (payshanba-juma) qo‘shimcha dam olish kuni va yana 6 kunliklar uchun esa shanba ham dam olish kuni deb e’lon qilingan.
So'ragan edingiz
Ta’lim muassasalarida 9-may munosabati bilan dam olish kunlari va ish vaqti qanday tashkil etiladi?
Xotira va qadrlash kuni bayrami besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni mos ravishda 2026-yil 11-may — dushanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan.
Yangiliklar
Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar 10 kun, o‘qituvchilar esa 3 kun dam oladi
23-mart, dushanba - haftada 5 kun ishlaydiganlar uchungina dam olish kuni hisoblanadi. Davlat ta’lim tashkiloti xodimlari 6 kunlik ish haftasida ishlagani bois, ular uchun 23-mart rasman ish kuni hisoblanadi.
Yangiliklar
Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
“Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizom talablariga muvofiq joriy yilda maktablarda III chorakning so‘nggi kuni 20-martga to‘g‘ri kelib, IV chorak 28-mart kunidan boshlanishi kerak, ammo...
O'zbek
Izohingizni tahrirlang