8-sinf qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi qo‘lga olindi
8-sinfda o‘qiydigan qiz ikki hafta bedarak ketgan va 6-oktyabr kuni tanasida zo‘ravonlik izlari bilan topilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi oradan bir oy o‘tib qo‘zg‘atilgan. Natijada qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi qo‘lga olingan. Ular orasida tuman prokuraturasining ish yurituvchisi ham borligi aytilmoqda.
Avvalroq, Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlangani haqida “Sukut saqlama” (Nemolchi.uz) loyihasi xabar bergandi.
Shundan so‘ng, Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov hodisa yuzasidan Kun.uz nashriga ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, 2024-yil 6-oktyabr kuni voyaga yetmagan qiz bir necha shaxs tomonidan zo‘rlangani haqida ariza bilan murojaat qilgan.
Ariza yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu holatga Qo‘shrabot tumani prokuraturasining ish yurituvchisi ham aloqadorligi aniqlangan. U joriy yil 30-oktyabr kuni viloyat prokurorining tegishli buyrug‘i bilan prokuratura organlaridan ishdan bo‘shatilgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari hamda tayinlangan sudga oid tibbiyot va biologik ekspertizalari natijalariga ko‘ra, 31-oktyabr kuni Ishtixon tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. So‘ng jinoyat ishi tergovga taalluqliligi bo‘yicha ichki ishlar organiga yuborilgan.
Olib borilgan tergov hamda tezkor tadbirlar davomida 9 nafar gumonlanuvchi aniqlanib, tergovga jalb qilingan. 8 nafar shaxs, shu jumladan Qo‘shrabot tumani prokuraturasining sobiq ish yurituvchisi protsessual tartibda ushlangan. Bir nafar gumonlanuvchini ushlash choralari ko‘rilmoqda.
Qayd etilishicha, hozirda jinoyat ishi tergovi ustidan prokuratura nazorati o‘rnatilgan.
Ma’lumot uchun, qiz 2024-yil 23-sentyabr kuni o‘g‘irlab ketilgan. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, qarindoshlari qiz yo‘qolgani haqida ariza yozishgan. Jabrlanuvchi oradan 13 kun o‘tib, 6-oktyabr kuni badanida zo‘ravonlik izlari bilan topilgan.
“Sukut saqlama” loyihasi tegishli idoralar bu ishga “qanchalik bepisandlik bilan” yondashganidan xavotir bildirgan, bu xavotirga jabrlanuvchining yaqinlari bildirgan quyidagi da’volarni asos sifatida keltirgan:
- 7-oktyabr kuni (qiz topilganning ertasiga) tergovchi uni gumonlanuvchilar bilan bitta mashinada, lekin ota-onasisiz ko‘rikdan o‘tkazish uchun olib ketgan. Qiz esa ekspert erkak bo‘lgani uchun ekspertizadan bosh tortgan. Shuning uchun ekspertiza 10-oktyabr kuni (yana qarindoshlarsiz) o‘tkazilgan. Ammo qonida alkogol yoki zararli moddalar bor-yo‘qligini tekshirish uchun undan qon olinmagan.
- Qizning qarindoshlari prokuraturaga borishganida, tashqarida ularni psixiatrik brigada kutib turgan, ularni uchastka noziri chaqirgan bo‘lgan. Vaholanki, qizga psixiatrik emas, psixologik yordam kerak bo‘lgan.
- Jabrlanuvchi qiz bilan maktab psixologi ham ishlashi mumkin edi, lekin maktabda unga bunday yordam taqdim etilmagan. Lekin qiz maktabga bormagani uchun uning ota-onasi jarimaga tortilgan. Ko‘p bolali oilaga (5 nafar farzandi bor) 1,2 mln so‘m miqdorda jarima solingan. Ayni damda qiz maktabga borishdan qo‘rqib turibdi, negaki bo‘lgan voqeadan hamma xabardor.
- Ish odam o‘g‘irlash, uning erkiga qarshi zo‘rlik ishlatib uni ushlab turish, qiynoqqa solish moddalarisiz, faqat 119-modda bilan ochilgan.
- Oilani hech kim “Inson” ijtimoiy himoya markaziga yo‘naltirmagan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
O‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha Ozarbayjon bilan qo‘shma loyihalar tashkil etiladi
Yangi baholash tizimidan norozi bo‘lgan jamoatchilik faollari vazir Hilola Umarovaga murojaat yo‘lladi
Maktablarga harbiy poligonlardan foydalanishga ruxsat berildi
Respublikadagi 71 ta kollej binosi maktab va bog‘chalar uchun berildi
Mavzuga doir yangiliklar
Suhbat
Pedagoglar tomonidan o‘quvchilar kaltaklanayotgani aks etgan videotasvirlar tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lyapti.
Bolalarga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi 4 yilga qamaldi
U jazoni manzil koloniyada o‘tashi belgilandi.
Bolalarni urgan tarbiyachiga jinoyat ishi ochildi
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 110- moddasi (qiynash) 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘quvchilarga stul ko‘targizib qo‘ygan o‘qituvchi ishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi
Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga olganini ma’lum qildi.
Izohingizni tahrirlang