Bolalarga nisbatan uyatsiz harakatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Bolalarni turli zo‘ravonliklardan himoya qilish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo ba’zida ijtimoiy tarmoqlarda bolalarga, voyaga yetmagan qizlarga tegajog‘lik qilish holatlari ro‘y bergani yoxud Internet orqali ularga turli uyatsiz tasvirlar yuborilgani haqida eshitib qolamiz. Endilikda bu kabi holatlar uchun javobgarlik yanada kuchaytiriladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining yig‘ilishlarida “Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun keng muhokama qilindi.
Ushbu qonun loyihasiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan telekommunikatsiya tarmoqlaridan yoki Internetdan foydalanib, uyatsiz harakatlar qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda. Shuningdek, voyaga yetmaganlar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlash harakatini bir yil davomida takroran sodir etgan shaxslar uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Loyihaning qabul qilinishi bolalarni jinsiy erkinlikka hamda bola savdosiga qarshi jinoyatlardan himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga zamin bo‘ladi.
Qolaversa, bu turdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslar qilmishiga mutanosib jazolanishiga, shuningdek, aliment to‘lamaganlik uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatilishiga xizmat qiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Attestatsiya uchun o‘qituvchilardan 25 ming dollar olgan pedagoglar qo‘lga tushdi
Maslahatchi lavozimi kichik maktablarda 0.5 stavka miqdorda tashkil qilinadi
Attestatsiyadan norozi o‘qituvchilar sud uchun yig‘ilgan pullarni xayriya qilib yubordi
Maktablarda “Ombudsman soati” joriy etish rejalashtirilmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
Janubiy Koreya
Maktab davrida zo‘ravonlik qilgan abituriyentlar oliygohga qabul qilinmadi
Janubiy Koreyadagi olti yirik milliy universitet maktab davrida zo‘ravonlik qilgan 45 nafar abituriyentni ularning akademik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishiga qaramay o‘qishga qabul qilishdan bosh tortdi.
Yangiliklar
O‘quvchisini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan olindi
O‘rta Chirchiq tumani 11-sonli maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi, o‘zi sinf rahbarlik qilayotgan 9-sinf o‘quvchilarini kitob bilan kaltaklagan.
Yangiliklar
Endi zo‘ravon pedagoglarning ta’lim tizimida ishlashi taqiqlanishi mumkin
Ular bir yil ichida bolaga nisbatan takroran salbiy xatti-harakat qilsa maxsus reyestrga kiritiladi va bola faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga ishga kirishi taqiqlanadi.
Yangiliklar
Ta’lim muassasalarida bolalarga intizomiy jazo sifatida zo‘ravonlik qilish qonunan taqiqlandi
Prezident shu haqdagi qonunni imzoladi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang