Toshkent shahar MMTB bir maktabda 54 ta jinoyat sodir etilgani haqidagi xabarni asossiz deya bayonot berdi
19:24 / 29.11.2024
931
Bundan avval Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova Toshkentdagi maktablarning birida 17 ta, yana birida esa 54 ta jinoyat sodir etilgani haqida aytgandi.
Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi raddiya berdi. Boshqarmaning aytishicha, bu mazmundagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
“Yaqinda poytaxtimizdagi Milliy kino san’ati saroyida “Bolalar ta’lim va tarbiyasiga barchamiz mas’ulmiz!” mavzusida Toshkent shahar hokimligi, shahar prokuraturasi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar bosh boshqarmasi mas’ullari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda turli idoralar mas’ullari poytaxt umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash, jumladan, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish borasida o‘z munosabatlarini bildirishdi. O‘z navbatida ayrim statistik ma’lumotlar aytib o‘tildi.
Ammo yuqorida tilga olingan raqam va ma’lumotlar mutlaqo asossiz ekanligi, poytaxt umumta’lim maktablarining birortasida bunaqa jinoyat va huquqbuzarliklar qayd etilmaganligini bildiramiz”, - deyiladi Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati rasmiy bayonotida.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
18:30 / 06.01.2025
Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari taqdirlandi
01:01 / 05.01.2025
Mentor-o‘qituvchilarga 20 foizlik ustama to‘lash boshlanadi
14:00 / 03.01.2025
2025-yilda pedagoglarning ustama va ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi
09:44 / 03.01.2025
2025-yil 1-fevraldan bolalar masalalari bo‘yicha vasiylik va homiylik komissiyalari faoliyati tugatiladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
Bir maktabning o‘zida 54 ta jinoyat sodir etilgani aytildi
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari gapirib bergan
17:43 / 29.11.2024
"O'qituvchilardan ushlab qolingan pullar qaytarib beriladi" — kasaba uyushmasi
Buxgalter o‘zboshimchalik bilan o‘qituvchilarning oylik maoshidan ushlab qolgandi
18:03 / 03.10.2024
Vazirlik maktab formasiga oid xabarlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikni so‘radi
Maktab o‘quvchilarining formada kelish tartibi ichki nizomlarida belgilangan.
16:44 / 03.08.2024
"O‘quvchilarning xalqaro olimpiadalardagi ishtirokini ta’minlash maqsadida tegishli ishlar olib borilmoqda" — vazirlik
Bayonotda ayrim tafsilotlar ham ochiqlandi.
16:15 / 19.07.2024
Izohingizni tahrirlang