Top.Mail.Ru
2025-yil 1-martgacha to‘garaklar ochilib, kambag‘al oiladagi 118 ming yoshlar o‘qitiladi

2025-yil 1-martgacha to‘garaklar ochilib, kambag‘al oiladagi 118 ming yoshlar o‘qitiladi

11:39 / 13.12.2024 346

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.


Yig‘ilishda ta’limga aloqador vazifalar yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Jumladan, kambag‘al oila farzandlarini chet tili, IT va kasb-hunarga o‘qitish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishi ta’kidlandi.


Mutasaddilarga 1-martgacha to‘garaklar ochib, kambag‘al oiladagi 118 ming yoshlarni o‘qitishni boshlash topshirildi. Bunda to‘garak xarajati 80 foizgacha budjetdan qoplanadi.


Kambag‘al oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025-yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish zarurligi qayd etildi. 


Oliygoh rektorlari ham kambag‘al oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni o‘qitishga bosh-qosh bo‘ladi. Vazir Q.Sharipovga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • To'garak

Ulashish