To‘garak o‘tgan o‘qituvchiga ustama uchun ball beriladimi?
Savol
Direktor jamg‘armasidan ustama olish uchun hujjat topshirgandim. Ish faoliyatim davomida bo‘sh o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlab to‘garak o‘tganman.
Ammo “zavuch” bilan direktor unga hech qanday ball berilmaydi deyapti, shu to‘g‘rimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30sentyabrdagii 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga 1-ilovada pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari tasdiqlangan.
Mazkur mezonning 8-bandida sinfdan tashqari ishlar uchun pedagog xodimlarga beriladigan ballar miqdori ko‘rsatilgan.
Unga ko‘ra, o‘qituvchi tomonidan:
- kreativlikni ragʻbatlantirishga qaratilgan tadbirlarni (fotokoʻrgazmalar, hunarmandchilik, musiqa va teatr sahnalari va boshqalar) tashkil etgan boʻlsa — 3 ball;
- oʻquvchilarda mustaqil fikr yuritish, mulohaza bildirish, tanqidiy va tahliliy yondashish koʻnikmalarini rivojlantiruvchi loyihalar va qoʻshimcha mashgʻulotlar olib borsa — 5 ball;
- oʻquvchilarni izlanishga undovchi qoʻshimcha mashgʻulotlar (oʻquv yili davomida iqtidorli va boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar bilan) olib borsa — 10 ball berilishi nazarda tutilgan.
Agar o‘qituvchi iqtidorli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazgan bo‘lsa va ushbu mashg‘ulotlar tashkil etilganligini asoslovchi hujjatlarni maktab Ishchi guruhiga taqdim etsa, unga 10 ball berilishi mumkin.
Bu mezon bo‘yicha Ishchi guruhga qanday hujjatlar taqdim etiladi?
Buning uchun maktab Ishchi guruhiga o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilgan sinfdan tashqari tadbirlar haqida qisqacha (bir sahifadan oshmagan holda) ma’lumot va ushbu tadbirning ikki donadan oshmagan holda fotosuratlari taqdim etiladi.
Misol uchun, o‘qituvchi iqtidorli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan to‘garak mashg‘ulotlarini olib borgan bo‘lsa, shu to‘garak faoliyati haqida bir sahifadan oshmagan ma’lumot va ushbu to‘garak mashg‘ulotlari olib borilganligini asoslovchi ikki donadan oshmagan holda fotosuratlar taqdim etiladi.
Shuningdek, o‘qituvchi tomonidan agarda sinfdan tashqari ish sifatida maktab radiosidagi chiqish qilingan bo‘lsa, bunday holda uning elektron shakllari audioversiya (CD-DVD yoki boshqa tashqi xotira qurilmalari), maktab gazetadagi maqolalarning nusxasi asoslovchi hujjat sifatida Ishchi guruhga taqdim etiladi.
Agar o‘qituvchi tomonidan maktab veb-sayti yuritilayotgan bo‘lsa, u holda bunda o‘qituvchi tomonidan asoslovchi hujjat talab qilinmaydi va Ishchi guruh tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
Yuqoridagi savol bo‘yicha umumiy xulosa shuki, o‘qituvchi tomonidan iqtidorli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etilganligi uchun pedagog xodimga 10 ball berilishi kerak deb hisoblaymiz.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizom hamda Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 11-iyundagi 02-02/3-1699-sonli ko‘rsatma xati.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim vazirligida matbuot xizmati rahbariyati yangilandi
Maktablarda dars soatlarini taqsimlash va direktor jamg‘armasidan ustama belgilash tartibi avtomatlashtiriladi
19-noyabrdan “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichi boshlanadi
“Ta’lim tizimida tartib o‘rnataman” — Erkinjon Turdimov
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktablarda dars soatlarini taqsimlash va direktor jamg‘armasidan ustama belgilash tartibi avtomatlashtiriladi
Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida umumta’lim maktablarida dars soatlarini taqsimlash hamda direktor jamg‘armasi faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
So'ragan edingiz
Ikkita fandan dars beradigan o‘qituvchiga ustama qanday to‘lanadi?
Baholash natijalariga ko‘ra, pedagog 100 ballgacha to‘plashi va to‘plagan ballidan kelib chiqib, unga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama belgilanishi mumkin.
So'ragan edingiz
Milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama uchun ball beradimi?
Qo‘shimcha ustama faqat malaka sinovida (ikkala bosqichda) ishtirok etib, oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan (yoki saqlagan) pedagoglarga beriladi.
So'ragan edingiz
Metodbirlashma rahbarlari KRK sertifikati olmasa, ustamasi bekor bo‘ladimi?
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 26-bandiga ko‘ra, fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodik birlashma rahbarlariga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 10 foiz miqdorida har oylik ustama belgilanishi mumkin.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang