To‘garak o‘tgan o‘qituvchiga ustama uchun ball beriladimi?
Savol
Direktor jamg‘armasidan ustama olish uchun hujjat topshirgandim. Ish faoliyatim davomida bo‘sh o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlab to‘garak o‘tganman.
Ammo “zavuch” bilan direktor unga hech qanday ball berilmaydi deyapti, shu to‘g‘rimi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30sentyabrdagii 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga 1-ilovada pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari tasdiqlangan.
Mazkur mezonning 8-bandida sinfdan tashqari ishlar uchun pedagog xodimlarga beriladigan ballar miqdori ko‘rsatilgan.
Unga ko‘ra, o‘qituvchi tomonidan:
- kreativlikni rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlarni (fotoko‘rgazmalar, hunarmandchilik, musiqa va teatr sahnalari kabi) tashkil etgan bo‘lsa — 5 ball;
- o‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatuvchi va dunyoqarashini kengaytiruvchi, yangi ko‘nikmalar beruvchi qo‘shimcha mashg‘ulotlar (debat va hikoya qilish klublari, maktab radiosi/gazetasi/veb-sayti, axborot-tahliliy mashg‘ulotlari) olib borsa — 10 ball;
- o‘quvchilarni izlanishga undovchi ishlarni (iqtidorli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish, nutq san’ati tadbirlari) olib borsa — 15 ball berilishi nazarda tutilgan.
Faqat bunda mazkur ko‘rsatgichlar asosida amalga oshirilgan ishlar uchun maksimal 15 ball berilishi lozim. Ya’ni, o‘qituvchi baholash mezonida nazarda tutilgan barcha ishlarni amalga oshirgan bo‘lsa ham bu mezon uchun o‘qituvchiga beriladigan ball 15 balldan oshib ketmasligi kerak.
Agar o‘qituvchi iqtidorli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazgan bo‘lsa va ushbu mashg‘ulotlar tashkil etilganligini asoslovchi hujjatlarni maktab Ishchi guruhiga taqdim etsa, unga 15 ball berilishi mumkin.
Bu mezon bo‘yicha Ishchi guruhga qanday hujjatlar taqdim etiladi?
Buning uchun maktab Ishchi guruhiga o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilgan sinfdan tashqari tadbirlar haqida qisqacha (bir sahifadan oshmagan holda) ma’lumot va ushbu tadbirning ikki donadan oshmagan holda fotosuratlari taqdim etiladi.
Misol uchun, o‘qituvchi iqtidorli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan to‘garak mashg‘ulotlarini olib borgan bo‘lsa, shu to‘garak faoliyati haqida bir sahifadan oshmagan ma’lumot va ushbu to‘garak mashg‘ulotlari olib borilganligini asoslovchi ikki donadan oshmagan holda fotosuratlar taqdim etiladi.
Shuningdek, o‘qituvchi tomonidan agarda sinfdan tashqari ish sifatida maktab radiosidagi chiqish qilingan bo‘lsa, bunday holda uning elektron shakllari audioversiya (CD-DVD yoki boshqa tashqi xotira qurilmalari), maktab gazetadagi maqolalarning nusxasi asoslovchi hujjat sifatida Ishchi guruhga taqdim etiladi.
Agar o‘qituvchi tomonidan maktab veb-sayti yuritilayotgan bo‘lsa, u holda bunda o‘qituvchi tomonidan asoslovchi hujjat talab qilinmaydi va Ishchi guruh tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
Yuqoridagi savol bo‘yicha umumiy xulosa shuki, o‘qituvchi tomonidan iqtidorli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etilganligi uchun pedagog xodimga 15 ball berilishi kerak deb hisoblaymiz.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizom hamda Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 11-iyundagi 02-02/3-1699-sonli ko‘rsatma xati.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktablarda “Ombudsman soati” joriy etish rejalashtirilmoqda
Endi o‘quvchilarning zararli odatlari haqida xabar bergan pedagoglar mukofotlanishi mumkin
Attestatsiyada ingliz tilidan tushgan testlar to‘liq tahlil qilindi
Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Kuzgi attestatsiya test sinovlarida ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarga 70 foizlik ustama qachondan boshlab to‘lanishi haqida xalqtaliminfo.uz’ga o‘qituvchilar tomonidan savol yo‘llamoqda.
So'ragan edingiz
Ayrim o‘qituvchilar 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishi mumkinmi?
Bahorgi attestatsiyada qatnashib, birinchi malaka toifasiga hamda 70 foizlik ustamaga ega bo‘lgan o‘qituvchilar kuzgi attestatsiyada ham qatnashib, oliy malaka toifasiga ega bo‘lib qolsa-yu, ammo 86 ballik natija qayd etolmasa, unda 70 foizlik ustamadan mahrum bo‘lishlari mumkin.
Yangiliklar
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama beriladi
O‘z faoliyatida ijobiy natija ko‘rsatgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarini rag‘batlantirish tartibi belgilandi.
Yangiliklar
Endi malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama uchun ball qo‘shib beriladi
Pedagog xodimlarga malaka toifasi darajasiga qarab, direktor jamg‘armasi hisobidan tayinlanadigan ustama uchun 5 balldan 20 ballgacha qo‘shib beriladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang