Psixolog hamda CHQBT rahbarlarining ham oyligi oshadimi?
Savol
Maktabdagi rahbar xodimlarning oylik maoshlari 1-sentyabrdan boshlab oshar ekan. Bunda psixolog va CHQBT rahbarlari maoshi ham oshadimi? Ular ham rahbar xodim-ku, shunday emasmi?
Javob
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab maktab direktorlarining oylik maoshi 20 foizga, direktor o‘rinbosarlarining oylik maoshi esa 15 foizga oshirilmoqda.
2026-yil 1-yanvardan boshlab rahbar xodimlarning maoshi yana oshadi. Chunki, direktor va uning o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanmoqda.
Psixologlarning ham maoshi oshiriladimi?
Ma’lumki, prezident farmonida direktor va uning o‘rinbosarlari oylik maoshlarini oshirish haqida so‘z borgan. Psixologlar esa direktor o‘rinbosari hisoblanmaydi.
Shu sababli, ularning oylik maoshi oshirilmaydi. Ammo joriy yilning bahorgi attestatsiyasidan boshlab maktab psixologlari malaka test sinovlarida ishtirok etish orqali toifa olish va shu orqali oylik ish haqini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
CHQBT rahbarlari maoshi oshiriladimi?
Xabaringiz bo‘lsa, Xalq ta’limi vazirining 2019-yil 28-dekabrdagi 406-sonli buyrug‘i bilan CHQBT rahbari lavozimi Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga o‘zgartirilib, ularga direktor o‘rinbosari maqomi berilgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393-son qarori bilan 2025-yil 1-iyundan boshlab ta’lim tashkilotlaridagi Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari — harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari lavozimi tugatilib, ularning shtat birligi Mudofaa vazirligiga o‘tkazilmoqda.
Ushbu shtat birliklari hisobidan esa CHQBT rahbari lavozimi joriy etilishi belgilangan. Ya’ni, 2025-yil 1-iyundan boshlab ular direktor o‘rinbosari hisoblanmaydi.
Shu sababli, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab CHQBT rahbarlarining ham oylik maoshi oshirilmaydi.
Ularning oylik maoshlari 2025-yil 1-sentyabrga qadar ishlab chiqilishi reja qilinayotgan CHQBT rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari (KPI)ga ko‘ra oshirib borilishi mumkin.
Комментарии 16
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
В Ташкенте изучается потребность в школьных автобусах
Директора школы арестовали после распределения учебных часов
В школах будут организованы новые кружки, участие в них будет бесплатным
Школьные библиотеки будут модернизированы, а заместители директоров будут отвечать за библиотек в махаллях
Тематические новости
Новости
Bugundan boshlab pedagog xodimlar oshirilgan maoshlar bo‘yicha oylik oladi
Ta’lim tizimi xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi qariyb 5 mln so‘mga yetdi, ammo boshqa sohlardan hamon ortda qolmoqda. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab oylik maoshlar 7 foizga oshiriladi.
You asked
Maktabdagi kassir vazifasini o‘qituvchi yoki “zavuch”ga biriktirish mumkinmi?
G‘aznachi (kassir) vazifasini maktab o‘qituvchisi yoki o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga shunchaki direktorning xohishiga ko‘ra biriktirish qonunchilikka zid.
Новости
Anomal issiq sababli yopilgan bog‘cha xodimlarining ish haqi toʻliq toʻlab beriladi, ota-onalardan ham to‘lov undirilmaydi
Ma’lum bo‘lishicha, bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda bog‘cha xodimlarga ish haqini toʻliq toʻlash bo‘yicha ko‘rstma berilgan.
Новости
Anomal issiq sabab vaqtincha yopilgan bog‘chalardagi xodimlarga ish haqi qanday to‘lanadi?
Mazkur masalaga advokat Saydali Muxtoraliyev huquqiy izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, avvalo bekor turib qolishning sababi qanday baholanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki Mehnat kodeksining 266-moddasida bunday holatlar uchun turli tartiblar belgilangan.
Русский
Редактировать комментарий