Vazirlikni sudga bergan o‘qituvchilarga bosim bo‘lgani aytilmoqda, ular da’vo arizasini qaytarib olmoqchi
Attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga bergan 5 nafar o‘qituvchilarning 2 nafari bosim tufayli da’vo arizasini qaytarib olgan, qolgan 3 nafari ham turli xil bosimlarga uchragani sababli, sudga kiritgan da’vo arizalarini qaytarib olish istagida ekanligi aytilmoqda.
Avvalroq, attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan bir guruh o‘qituvchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini sudga bergandi. Sud esa 2025-yil, 12-avgust kuniga belgilangandi.
Sudda pedagoglar huquqini himoya qilayotgan advokatlardan biri Muhammadamin Karimjonovning yozishicha, kecha, 12-avgust kuni birinchi sud majlisi o‘tkazilgan, keyingi sud majlisi esa 26-avgustga qoldirilgan.
Ammo advokatning aytishicha, sudga da’vo arizasi kiritgan pedagoglar turli xil bosimlarga uchragan. Shu sababli, u sud ishi oxirigacha yetib borishiga shubha qilmoqda.
“Mazkur sud ishida advokatlar men, Karimjonov Muhammadamin hamda Xatamjonov Nazirjonlar pedagoglarning huquqlarini himoya qilmoqdamiz. Bugun birinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Keyingi sud majlisi 26-avgustga qoldirildi. Ustozlarimiz oxirigacha turib bera olarmikanlar?
Nega deysizmi…? Sababi pedagoglarga nisbatan bosimlar bo‘lmoqda. 5 nafar pedagogdan 2 nafari “o‘yindan” chiqdi. Qolgan 3 nafar pedagog ham bosim ostida…Ular ham arizamizni qaytarib olsakmikan, deb turishibdi… Biz “halol o‘yin” tarafdorimiz.”, - deydi advokat.
Shuningdek, advokat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilib, quyidagilarni eslatgan:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 55-moddasiga ko‘ra, har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Advokat so‘roviga axborotni (hujjatlarni) taqdim qilmaslik ma’muriy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi (MJTK 197-1-moddasi).
Attestatsiya natijalari haqida
Joriy yilning 15-aprel sanasidan boshlab, 14-mayga qadar pedagog xodimlar uchun attestatsiya test sinovlari bo‘lib o‘tgandi. Mazkur malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun 190 mingga yaqin pedagoglar onlayn ariza topshirgan bo‘lib, ularning 177 ming 640 nafari yoki umumiy arizachilarning 95 foizi jarayonlarda qatnashdi.
Attestatsiya natijalariga ko‘ra, 10 504 nafar pedagog oliy toifa, 23 200 nafar pedagog birinchi toifa, 27 805 nafar pedagog ikkinchi toifa uchun yetarli ball to‘plab, ijobiy natijalar qayd etdi. Shuningdek, 6 603 nafar pedagog mutaxassis lavozimini saqlab qoldi.
Umumiy hisobda 73 mingdan ziyod pedagoglar ijobiy natija ko‘rsatgan. Ammo 104 mingga yaqin (58.9%) pedagoglar attestatsiyadan o‘tolmagan.
Ko‘plab pedagoglar bu holatni test savollarining o‘ta murakkabligi, validlik talablariga javob bermasligi, ayrim hollarda esa testlarning mavzuga aloqador emasligi bilan izohlagan.
Nega o‘qituvchilar orasida norozichilik keng avj oldi?
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog kadrlar natijalar e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda ariza (shikoyat) berishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
Ammo attestatsiya natijalaridan norozi bo‘lgan o‘qituvchilarning shikoyat arizalariga apellyatsiya komissiyasi tomonidan deyarli bir xil mazmundagi javoblar yuboriladi. Shundan so‘ng, pedagoglar noroziligi yanada avj ola boshladi.
Attestatsiya bo‘yicha sud ishi
2025-yil iyul oyida 5 nafar ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish majburiyatini yuklash, ma’naviy ziyon va vakil xarajatlarini undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritilgandi.
Da’vo arizasida attestatsiya jarayonlariga oid 9 ta e’tirozli holatlar keltirilgan bo‘lib, ulardan eng asosiy urg‘u test savollarining murakkablik darajasi belgilangan vaqt me’yoriga mutanosib emasligi hamda savollar tuzish jarayonida validlik va testologiya qoidalariga rioya etilmaganligiga qaratilgan.
Shuningdek, da’vo arizasida keltirilishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi Apellyasiya komissiyasi tomonidan pedagoglarning shikoyatlari asosli, huquqiy va daliliy baholanmasdan, “asossiz” deya topilib, rad etilgan.
Ammo, Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yildagi 572-sonli qarorning 60-bandida apellyatsiya komissiyasi qarori nusxasi apellyatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan e’tiboran 5 kun muddatda murojaat etuvchi pedagog kadrning shaxsiy kabinetiga yuborilishi belgilangan bo‘lishiga qaramay, ushbu talablar vakolatli tashkilotlar tomonidan bajarilmagan.
Комментарии 7
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligining vazifalari va tashkiliy tuzilmasi bir hafta ichida belgilanadi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimi tugatildi
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
Тематические новости
Вы знаете?
Kuzgi pedagog kadrlar attestatsiyasi qay tartibda o‘tkaziladi?
Pedagoglar uchun attestatsiya jarayoni qanday tashkil etiladi? Test sinovida nechta va qanday topshiriqlar beriladi, har bir bosqichda pedagoglar qanday baholanadi, testga nimalarni olib kirish mumkin emas, test natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog qanday tartibda apellyatsiya berishi mumkin? Quyida pedagoglar uchun eng muhim jihatlarni tushuntiramiz.
Вы знаете?
Attestatsiyaga ariza yuborish yakunlanishiga 5 kun qoldi
Xabaringiz bor, 2026-yil 1-avgustdan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish boshlangan bo‘lib, murojaat yuborish 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi.
Новости
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
Ayni paytda esa sinov.uz platformasida attestatsiyaga tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan testlar yana 25 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgan. Platformada turli fanlar bo‘yicha attestatsiyaga tayyorgarlik testlari mavjud.
Новости
В отношении лиц, организовавших незаконную схему для успешного прохождения педагогами аттестации, вынесен судебный приговор
Ранее мы сообщали о выявлении ряда незаконных действий, совершённых с целью обеспечить педагогическим работникам успешное прохождение аттестации и профессиональной сертификации. В отношении указанных лиц было возбуждено уголовное дело по пункту «г» части 2 статьи 210 Уголовного кодекса, после чего начались следственные действия.
Русский
Редактировать комментарий