Top.Mail.Ru
“X-variant” mojarosi davom etadi: Milliy sertifikat imtihonida yana 31 test foydalanilgani ma’lum bo‘ldi

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

“X-variant” mojarosi davom etadi: Milliy sertifikat imtihonida yana 31 test foydalanilgani ma’lum bo‘ldi

12:00 / 08.05.2026 2.28k

Joriy yilning 2-aprel kuni (imtihondan 1 kun oldin) mavjud bo‘lgan yana bir fayl tahririyat ixtiyoriga kelib tushdi. Unda 72 ta savol mavjud bo‘lib, hozirgacha aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, ularning 31 tasi 4, 5 va 7-aprel kunlari tarix fanidan bo‘lib o‘tgan “Milliy sertifikat” imtihonlarida tushgan.


Avvalroq imtihondan oldin audiochatda o‘qib eshittirilgan 50 ta savoldan 33 tasi “Milliy sertifikat” imtihonlarida tushgani haqida xabar bergandik. Bilim va malakalarni baholash agentligi ham o‘zining rasmiy munosabatida 33 ta savol mazmunan o‘xshash bo‘lganini qisman tasdiqlagandi.


Shuningdek, BMBA aprel imtihonlarida 400 tadan ortiq savol qo‘llanganini ma’lum qilgan. Agentlikning mazkur izohiga nisbatan tarixchi-pedagog Jalol Boltayev “400 tadan 33 ta emas, 400 ta ichidagi bizga ma’lum bo‘lgan 50 ta savoldan 33 tasi mos kelgani haqida gapirish masalani manipulyatsiya qilmasdan, to‘g‘ri ifodalash bo‘ladi”,  deya ta’kidlagan.


Endi esa boshqa bir fayldagi 72 ta savoldan 31 tasi milliy sertifikat imtihonida foydalanilgan test savollari bilan mos kelayotgani aniqlandi. Ushbu faylning imtihondan 1 kun oldin – 2-aprel kuni mavjud bo‘lganini tasdiqlovchi turli materiallar (video, audio va boshqa) tahririyat ixtiyorida mavjud. Shuningdek, tahririyatdagi ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur yopiq guruhga kirish uchun 1000 AQSH dollari etib belgilangani aytilgan.


2026-yil 2-aprel kuni (imtihondan 1 kun oldin) mavjud bo‘lgan fayldan quyidagi 31 test 4, 5 va 7-aprel kungi imtihonlarda tushgan (savollar matni tahrirsiz berilmoqda):

Quyidagilardan qaysi biri Britaniya pop-art yo‘nalishining asoschisi hisoblanadi?
Javob: Gamilton

Mos kelmaydigan javobni aniqlang.
Javob: Xora monastiri — Ispaniya

921–922-yillarda «Sayohat» asarini yozgan shaxs kim?
Javob: Ibn Fadlan

Buyuk Britaniya yangi mustamlakalarni bosib olish uchun tayanch bo‘lgan hudud? 
Javob: A) Bombey

1630-yili Buyuk Britaniya qaysi hududni o‘zining asosiy tayanchiga aylantirdi? 
Javob: Madras

Buyuk Britaniya o‘zining mustamlakachilik siyosatida «oq koloniyalar»ga katta e’tibor qaratgan. Ular qaysilar?
Javob: Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya

“U davrida Usmonli imperiyasi eng yuqori cho‘qqiga chiqdi…”
Javob: Sulaymon I

“U Vittenberg universitetida dars bergan…”
Javob: Martin Lyuter

Rim imperiyasining “oltin asri”da (mil. II asr) qaysi sulola hukmronlik qilgan?
Javob: Antoniylar sulolasi

“U Florensiyada tug‘ilgan…”
Javob: Amerigo Vespuchchi

“U buyuk faylasuf, olim — ensiklopedist bo‘lib, jahon madaniyatiga katta hissa qo‘shgan.”
Javob: Forobiy

“Bu davlat poytaxti islom diniy markazi bo‘lgan.”
Javob: Buxoro amirligi

Yevropadagi dastlabki universitetlardan qaysi biri eng birinchi tashkil etilgan?
Javob: Bolonya universiteti

Quyidagi voqealardan eng erta (yoki eng kech) bo‘lganini aniqlang va natijasini belgilang.
Agar: 1) “Shimoliy urush» (Rossiya va Shvetsiya) boshlangan bo‘lsa,
To‘g‘ri javob: Kyuchuk-Kaynarja sulh shartnomasi imzolangan

“XVI asrda, bu davlat hukmdori vafotidan so‘ng, shayboniylar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash kuchaydi…”
Javob: Xiva xonligi

Quyidagi shaharlardan qaysi biri Osiyo va Yevropani bog‘lovchi “oltin ko‘prik” hisoblanadi?
Javob: Konstantinopol

Rimda yig‘ilish va savdo markazi bo‘lgan shahar markazi qanday atalgan?
Javob: Forum

Portugalilar Quyi Gvineyada, Atlantika okeani bo‘ylarida joylashib, qirg‘oqni to‘rt qismga ajratgan. Ularning nomlarini toping.
Javob: qalampir sohili, fil suyagi sohili, oltin sohili, qullar sohili

German qabilalarida xalq yig‘inida saylanadigan zodagon qanday atalgan?
Javob: konung

“Bu davlat (XII–XIII asrlar)…”
Javob: Qoraxitoylar davlati

Qaysi javobda faqat qadimgi tarixga oid hukmdorlar keltirilgan?
Javob: Ashoka, Chandragupta, In Chjen

Shtaufenlar sulolasi, Paleologlar sulolasi, …
Javob: Komninlar sulolasi, Minamoto sulolasi

Miloddan avvalgi 323-yilda Aleksandr Makedonskiy vafot etdi. Uning davlati uch qismga bo‘lindi: Makedoniya, Misr va Mesopotamiya.
Bu hududlarda hukmronlik qilgan sulolalarni aniqlang.
Javob: Antigonidlar, Ptolemeylar, Salavkiylar

“O‘rta asrlarda bu davlatda siyosiy tizim hukmron edi.”
Javob: Yaponiya

“U buyuk o‘zbek mutafakkiri, o‘rta asrlarning eng buyuk daholaridan biri…”
Javob: Beruniy

“U Turkistonda jadidchilik harakatining vakili, yirik investor, nashriyotchi va jamoat arbobi bo‘lgan.”
Javob: Obidjon Mahmudov

“U harbiy general-mayor bo‘lgan…”
Javob: Sobir Rahimov

“U jamoat arbobi, jadidchilik harakatining yirik vakili, o‘zbek matbuotining ilk tashkilotchilaridan biri.”
Javob: Ubaydulloxo‘ja Asadullaxo‘jayev

1962-yilda Massachusets texnologiya instituti olimlari masofaviy kompyuter aloqasi imkoniyatini asoslab bergan.
Javob: R. Liklayder

AQSHning dastlabki shtatlarini aniqlang.
Javob: Pensilvaniya, Jorjiya, Virjiniya, Delaver

Qaysi hukmdor qadimgi tarix bilan bog‘liq emas?
Javob: Pipin Qisqa

Xo‘sh, bu holatni qanday izohlash mumkin?


Avvalgi holat bo‘yicha ta’lim eksperti Komil Jalilov “ikkita bir-biridan mustaqil mutaxassisning darsliklardagi juda katta hajmdagi ma’lumotlar ichidan tasodifan 33 ta aynan bir xil mazmundagi savolni tanlab olishi ehtimoldan juda yiroq” ekanini aytgandi. Uning fikricha, savollar sonining ko‘pligi yoki formulirovkaning biroz farq qilishi vaziyat mohiyatini o‘zgartirmaydi.


Tarixchi-pedagog Jalol Boltayev ham oldingi holatga kombinatorika nuqtayi nazaridan baho berib, quyidagi misolni keltirgan va agentlik bilan birgalikda buni “sinab ko‘rish” haqida taklif bildirgan:

“Men 11 ta maktab darsligi, kollej darsliklari (“Lafasov”, “Usmonov”) hamda qo‘shimcha adabiyotlar asosida 400 ta test tuzaman. Kimdir esa mustaqil ravishda 50 ta test tuzsin. Shu 50 ta test ichidan 33 tasi men tuzgan savollar bilan mazmunan mos kelishi kerak. BMBA bilan buni sinab ko‘rishimiz mumkin”.

Nazarimizda, bir-biriga o‘xshash holatlarning ketma-ket takrorlanayotgani ayrim shaxslarda savollar bazasi mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi shubhalarni yanada kuchaytirmoqda.


Shu o‘rinda, tahririyatning asosiy vazifasi mavjud muammolarni xolis yoritish va ularni bartaraf etishga ko‘maklashishdan iborat ekanini eslatib o‘tamiz. Tahririyat biror tashkilot yoki idorani obro‘sizlantirish, uning faoliyatini qoralash maqsadidan yiroq. Tahririyat har qanday masala yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlari bilan ochiq muloqot qilishga doim tayyor.


Yana bir bir tahririyat mazkur maqolada tilga olingan holatlarga oid mavjud materiallarni Bilim va malakalarni baholash agentligiga, tegishli vakolatli organlarga hamda boshqa ommaviy axborot vositalariga taqdim etishga tayyor ekanini ma’lum qiladi. Boshqa OAVlardan ham jamiyat uchun o‘ta muhim bo‘lgan ushbu masalani yoritishda faol bo‘lishlari so‘raladi.

Комментарии 3

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Коррупция
  • Национальный сертификат

Поделиться