“X-variant” mojarosiga to‘liq nuqta qo‘yildimi?
Avvalroq tarix fanidan o‘tkazilgan “Milliy sertifikat” imtihonlari oldidan “x-variant” sotilgani haqida xabar bergandik. Imtihondan oldin audiochatda o‘qib eshittirilgan 50 ta savoldan 33 tasi hamda 2-aprel kuni mavjud bo‘lgan fayldagi testlardan 31 tasi 4, 5 va 7-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan imtihonlarda tushgani haqidagi xabar esa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirib, audiochatda o‘qilgan savollarning 33 tasi imtihon savollari bilan mazmunan o‘xshash ekanligini qisman tasdiqlagandi.
Muhokamalar bu bilan tugamadi. Keyinroq xalqtaliminfo.uz'da mazkur mavzuga doir yana bir nechta maqolalar e’lon qilindi. Shundan so‘ng, Bilim va malakalarni baholash agentligi tahririyat bilan bog‘lanib, bir qancha savollarimizga javob berib, tarix fanidan o‘tkazilgan “Milliy sertifikat” imtihonining tahliliy natijalarini ham tahririyat ixtiyoriga topshirdi.
Agentlikning ta’kidlashicha, milliy sertifikat uchun o‘tkaziladigan barcha test natijalari bo‘yicha yakuniy xulosalar rasmiy tekshiruvlar va statistik tahlil natijalariga asoslangan holda qabul qilinadi. Milliy sertifikat imtihonlarining test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanib, imtihon natijalari klassik va zamonaviy test nazariyalari asosida statistik tahlil qilib boriladi.
Test sinovi natijalarining klassik test nazariyasi asosida statistik tahlili haqida
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilgandan so‘ng test sinovi natijalarining tahlili amalga oshiriladi va u asosida test topshiriqlarining statistik xarakteristikalari aniqlanadi.
Bu statistik xarakteristikalar test topshiriqlarining qiyinlik darajalari, test ballarining dispersiyalari (o‘zgaruvchanligi, farqlanishi), topshiriqning boshqa topshiriqlar bilan, shuningdek, umumiy ballar yig‘indisi bilan korrelyatsiyasi (bog‘liqligi)dan iborat.
Test topshiriqlarini qiyinlik darajalarini aniqlash usullaridan biri test topshiriqlarini empirik sinovdan o‘tkazib, to‘g‘ri javoblar salmog‘ini aniqlashdan iborat. Test ballari (yoki to‘g‘ri javoblar)ning dispersiyalari test topshiruvchilarning tayyorgarlik darajasini aniqlashga, bilim darajalari bo‘yicha ajratish imkoniyatlari haqida xulosa qilishga imkon beradi.
Shuningdek, test variantlari va test topshiriqlarining asosiy statistik xarakteristikalari qatoriga o‘rta qiymat, gistogrammalar qurish, moda va mediana kabi ko‘rsatkichlarni hisoblash hamda test ballarining umumiy dispersiyasi (standart og‘ishi) ham kiradi.
Test sinovlari natijalari asosida aniqlangan test ballari taqsimoti gistogrammasi qurilib, uning normal taqsimotga yaqinligi baholanadi. Gistogrammaning normal taqsimotga yaqinligi testning sifatini, test sinovlarining obyektiv o‘tkazilganligini bildiradi.
Milliy sertifikat uchun tarix fani bo‘yicha ballar taqsimoti
Jadvaldan o‘lchashning standart xatoligi 2,80 – 2,91 gacha oraliqda, o‘rta qiymat 13-16 ga, moda va mediananing qiymatlari xatoliklar doirasida o‘rta qiymatga yaqin ekanligini ko‘rish mumkin. Kronbax alfa koeffitsiyentining 0,71-0,75 ga teng ekanligi esa mazkur test variantining ichki muvofiqligi “qoniqarli” ekanligini ko‘rsatadi.
Test topshiriqlarining ichki muvofiqligi har bitta test topshirig‘iga berilgan to‘g‘ri javoblarning umumiy ball bilan korrelyatsiyasiga, talabgorlar olgan umumiy ballarning standart og‘ishiga, har bitta test topshirig‘iga berilgan javoblarining standart og‘ishlari yig‘indisiga hamda test topshiriqlari va test topshiruvchilar soniga bog‘liq bo‘ladi.
Bundan tashqari test topshiriqlarining ichki muvofiqligi nafaqat test topshiriqlarining sifatiga, balki talabgorlarning tayyorgarlik darajasining past yoki yuqoriligiga ham bog‘liqdir.
Qobiliyat darajalari Rash modeli bilan hisoblanadi, natijalar avval z ballga o‘tkaziladi va yakuniy natija T ball bilan beriladi. Nazariyaga ko‘ra, umumiy to‘plam normal taqsimot taqsimotga yaqinlashishi lozim. Normal taqsimot bo‘yicha ballar taqsimoti rasmda ko‘rsatilganidek darajalarga ajratiladi.
2026-yil 4-, 5- va 7-aprel kunlari o‘tkazilgan test sinovi natijalariga ko‘ra, talabgorlarning natijalari:
- A+ darajali sertifikat olganlar – 2,83 %;
- A darajali sertifikat olganlar – 5,18 %;
- B+ darajali sertifikat olganlar – 3,85 %;
- B darajali sertifikat olganlar – 17,2 %;
- C+ darajali sertifikat olganlar – 21,53 %;
- C darajali sertifikat olganlar – 8,63 %;
- Sertifikat olmaganlar (C dan quyi) – 40,78 %.
Bu natijalarni yuqoridagi nazariy taqsimot bilan solishtirib, taqsimot nazariy taqsimotga qanchalik yaqinligi haqida xulosa qilish mumkin.
Xalqtaliminfo.uz'da test topshiriqlari tarqalgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi maqolada tilga olingan 33 ta test topshirig‘ining tahlili bilan quyidagi jadval orqali tanishish mumkin:
Agentlikning ta’kidlashicha, mazkur jadvaldan 33 ta test topshiriqlaridan faqat 2 tasi 2-qiyinlik darajasida (25-75 foiz oralig‘ida to‘g‘ri javob berilgan), qolgan test topshiriqlarining barchasi 3-qiyinlik darajasida (0-25 foiz orlig‘ida to‘g‘ri javob berilgan) ekanligini va 1-qiyinlik darajasidagi test topshiriqlari (75-100 foiz oralig‘ida to‘g‘ri javob berilgan) mavjud emasligini ko‘rish mumkin.
Shuningdek, bu test topshiriqlarining umumiy test topshiriqlari bilan korrelyatsiyalari qiyinlik darajasi yuqori bo‘lgan test topshiriqlari uchun “qoniqarli”, “yaxshi” va “juda yaxshi” ekanligini ko‘rish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, “x-variant” mojarosi atrofidagi bahslar ortidan Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim etilgan statistik tahlillar test natijalarida keskin o‘sish kuzatilmaganini ko‘rsatmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, audiochatda o‘qilgan savollarning bir qismi imtihon savollariga mazmunan o‘xshash bo‘lsa-da, aynan shu topshiriqlar bo‘yicha ommaviy ravishda yuqori natijalar qayd etilmagan. Aksincha, savollarning katta qismi qiyin darajadagi testlar toifasiga to‘g‘ri kelib, ularga to‘g‘ri javob berganlar ulushi past bo‘lgani oydinlashdi.
Shu bilan birga, mazkur holat imtihon tizimining ochiqligi, test materiallari xavfsizligi va jamoatchilik ishonchi masalasini yana kun tartibiga olib chiqdi. Tahririyat nazarida, Agentlikning statistik tahlillarni ochiqlashi muhokamalarga ma’lum ma’noda oydinlik kiritdi. Biroq test savollarining imtihondan avval muhokama qilingani haqidagi holatlarning o‘zi ham tizimdagi xavfsizlik masalasiga yanada jiddiy e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Agentlik tomonidan taqdim etilgan statistik tahlillar test topshiriqlari ommaviy ravishda tarqalib, natijalarga keskin ta’sir ko‘rsatgani haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlamagan bo‘lsa-da, biroq “x-variant” bilan bog‘liq holatlar, imtihon savollari xavfsizligi, test materiallarining sir saqlanishi hamda jarayonning shaffoflik masalasi hamon jamoatchilikning e’tibor markazida qolmoqda.
Комментарии 12
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
В отношении лиц, организовавших незаконную схему для успешного прохождения педагогами аттестации, вынесен судебный приговор
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
В Ташкенте изучается потребность в школьных автобусах
Директора школы арестовали после распределения учебных часов
Тематические новости
Новости
В отношении лиц, организовавших незаконную схему для успешного прохождения педагогами аттестации, вынесен судебный приговор
Ранее мы сообщали о выявлении ряда незаконных действий, совершённых с целью обеспечить педагогическим работникам успешное прохождение аттестации и профессиональной сертификации. В отношении указанных лиц было возбуждено уголовное дело по пункту «г» части 2 статьи 210 Уголовного кодекса, после чего начались следственные действия.
Новости
Директора школы арестовали после распределения учебных часов
Директор общеобразовательной школы в Чирокчинском районе Кашкадарьинской области был заключён под стражу за требование 700 долларов США в обмен на выделение учителю дополнительных учебных часов.
You asked
Milliy sertifikat bor, ammo EduERP’da “ustama to‘lanmaydi” chiqyapti: sabab nima?
Meni maktabimda ona tili va adabiyot fanidan o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan ustozimiz A sertifikatini oldi, umumiy balli 66.82. Lekin erp.maktab.uz saytida ustama to‘lanadi degan joyiga “yo‘q” (to‘lanmaydi) chiqib turibdi. Shu savolga javob kerak, ustama to‘lanadimi yoki yo‘q?
Новости
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi eng korrupsiyalashgan tizim sifatida tilga olindi
2025-yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar boʻyicha 7 517 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, bunda eng koʻp korrupsiyaga oid jinoyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi hissasiga toʻgʻri kelgan.
Русский
Редактировать комментарий