Top.Mail.Ru
O‘qituvchi ta’tilda bo‘lgan davri uchun ham sertifikat uchun ustama to‘lab beriladimi?

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

O‘qituvchi ta’tilda bo‘lgan davri uchun ham sertifikat uchun ustama to‘lab beriladimi?

12:17 / 21.09.2026 354

Savol

2026-yil 14-iyunda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat oldim. Lekin menga ta’til davriga ustama to‘lanmasligini, ta’tildan keyin, ya’ni 28-iyuldan to‘lanishini bildirdi. Savolim shunday, menga sertifikat chiqqan kundan ustama to‘lanadimi?  


Javob

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–134-sonli farmoni 9-bandiga ko‘ra Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida ustamalar to‘lab berish nazarda tutilgan.  


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi 37–son Farmoni 12-bandiga ko‘ra 2025-yil 1-yanvardan boshlab Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan berilgan milliy sertifikatga ega “Ona tili va adabiyot” fani o‘qituvchilariga 50 foiz miqdorida ustama to‘lanishi belgilangan. 


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qarori bilan xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangan. Mazkur qo‘shma qarorga ko‘ra, sertifikatlar uchun tegishli ustamalar sertifikat olingan kundan boshlab to‘lab berilishi nazarda tutilgan. 


Biroq mehnat ta’tilida bo‘lgan pedagoglarga sertifikat uchun ustama to‘lanmaydi, chunki ta’til vaqtida xodimlarga ish haqi va qo‘shimcha to‘lovlar (shu jumladan ustama) o‘rniga ta’til puli to‘lanadi. 


Mehnat kodeksining 233-moddasiga muvofiq har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi. 


Bunda o‘rtacha ish haqi u hisoblanadigan oydan oldingi 12 oyni tashkil etuvchi hisob-kitob davri yoxud agar xodim 12 oydan kam ishlagan bo‘lsa, amalda ishlangan davr uchun xodimga hisoblangan ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi (MK 257-m 1-qism). 


Shu qoidaga ko‘ra, xodimning o‘rtacha oylik ish haqini hisoblashda u 12 oydan ortiq ishlagan bo‘lsa, uning ta’tilga chiqishdan oldingi 12 oylik davrda tashkilotdan olgan barcha to‘lovlari (ish haqi, moddiy yordam, mukofot puli va boshqalar) qo‘shilgan holda 12 ga bo‘linadi. 


Pedagog ta’tilga chiqishidan oldingi oylarda to‘langan barcha to‘lovlar, shu jumladan ustamalar ham o‘qituvchining o‘rtacha ish haqini hisoblashda qo‘shiladi. 


Shuni ham alohida qayd etish lozimki, pedagog xodimlarga tegishli sertifikatlar uchun to‘lab beriladigan qo‘shimcha ustamalar o‘qituvchining tarif stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Tarif stavkasi esa o‘qituvchiga biriktirilgan dars soatlari asosida bir stavka uchun belgilangan bazaviy tarif stavkadan kelib chiqib aniqlanadi. Pedagog xodim mehnat ta’tilida bo‘lgan davrda dars mashg‘ulotlarini o‘tmaydi. 


Ushbu davr uchun unga ish haqi va ustamalar o‘rniga qonunchilikda belgilangan tartibda ta’til puli to‘lanadi. Shuningdek, mazkur davrda ta’lim tashkilotlarida pedagoglarga dars soatlari ham taqsimlanmagan bo‘ladi. 


Chunki dars soatlari, odatda, har yili avgust–sentyabr oylarida taqsimlanadi. Shu sababli o‘qituvchiga biriktiriladigan dars soatlari miqdori aniqlanmaguncha, sertifikat uchun to‘lanadigan ustama miqdorini ham aniqlashning imkoni bo‘lmaydi. Shu sababli, pedagog xodimning mehnat ta’tili davrida sertifikat uchun ustama to‘lanmaydi.

Комментарии 0

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • надбавка
  • Национальный сертификат

Поделиться

line

Тематические новости