Top.Mail.Ru
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ta’lim muassasalarida dam olish kunlari qanday bo‘ladi?

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ta’lim muassasalarida dam olish kunlari qanday bo‘ladi?

15:50 / 08.05.2026 584

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “2026-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan 9-may — Xotira va qadrlash kuni bayrami besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni mos ravishda 2026-yil 11-may — dushanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan. 

Xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan quyidagi kunlari dam olinadi


  • 9-may (shanba) — Xotira va qadrlash kuni, dam olish kuni;


  • 10-may (yakshanba) — dam olish kuni;


  • 11-may (dushanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunliklar uchun ish kuni. 


Maktablar 6 kunlik ish rejimida ishlagani bois, 11-may (dushanba) barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida esa 2026-yil 11-may — dam olish kuni hisoblanadi.

2026-yil 11-may kuni — umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun (11-may kuni belgilangan) dars soatlari tashkil etiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.


Bunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun dars mashg‘ulotlari o‘tilmaydi, ammo boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun rasman ish kuni hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari maktabda dars bo‘lmagan vaqtlarda pedagogik yuklamasida belgilab berilgan vazifalarni yoki maktab ma’muriyati tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.


9-may kungi dam olish kuni uchun oylik yozilmaydimi?


Mehnat kodeksining 249-moddasi 4-qismiga ko‘ra, xodimlar mehnatiga vaqtbay, ishbay yoki mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan boshqa mezonlarga ko‘ra haq to‘lanadi.


Bunda mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimida qo‘shimcha dam olish kunlari hisobiga oylik ish haqlari kamaymaydi. Masalan, o‘qituvchi 1 oy davomida 22 ish kuni ishlaydimi yoki 20 ish kuni ishlaydimi, uning oylik ish haqi kamaymaydi.


Soatbay ishlaydigan pedagoglarning ish haqi-chi?


Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida esa qo‘shimcha dam olish kunlari hisobiga oylik ish haqlari kamayishi mumkin. Chunki bunda xodimlarga ishlab berish normalaridan (vaqt normalaridan) kelib chiqqan holda haq to‘lanadi.Mehnat kodeksining 277-moddasiga ko‘ra, mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida narxlar belgilangan ish razryadlaridan, mehnatga haq to‘lash razryadlaridan, tarif stavkalaridan (maoshlardan) va ishlab berish normalaridan (vaqt normalaridan) kelib chiqqan holda aniqlanadi.Ishbay narx bajariladigan ishning razryadiga muvofiq bo‘lgan kunbay tarif stavkasini yoki soatbay tarif stavkasini kunbay yoki soatbay ishlab berish normasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 


Ishbay narx bajariladigan ishning razryadiga muvofiq bo‘lgan kunbay tarif stavkasini yoxud soatbay tarif stavkasini belgilangan kunbay yoki soatbay vaqt normasiga ko‘paytirish yo‘li bilan ham aniqlanishi mumkin.Kunbay tarif stavkasi (maosh) yoki soatbay tarif stavkasi mehnatga haq to‘lashning razryadiga muvofiq bo‘lgan oylik tarif stavkasini yoki lavozim maoshini ish kunlarining yoxud ish soatlarining oylik normasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.


Masalan, ta’lim sohasida soatbay ish haqi o‘qituvchi tomonidan o‘tilgan dars soatlari miqdori bilan bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni, soatbay dars o‘tadigan o‘qituvchilarning ish haqi o‘tilgan dars soatlari miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham soatbay dars o‘tadigan o‘qituvchilarning maoshlari qo‘shimcha dam olish kunlari hisobiga kamayishi mumkin.


Bugun barcha xodimlar kamida 1 soat vaqtli ishdan ketadi, ushbu 1 soat uchun haq to‘lanmaydimi?


Bugun barcha xodimlar, hattoki 0.5 yoki 0.25 stavkadagilar ham ish (smena)dan kamida 1 soat vaqtli ketadilar va ish haqi kamaytirilmaydi. Bu qoida mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarga birdek taalluqli, ya’ni xususiy sektorga ham.MK 258-moddasi 1-qismiga ko‘ra, qisqartirilgan ish vaqti sharoitlarida band bo‘lgan xodimlarning ish haqi normal ish vaqti uchun belgilangan to‘liq hajmda to‘lanadi.


MK 187-moddasiga ko‘ra, ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.Bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.


MK 187-moddasi 2-qismiga ham e’tibor bering. Agar bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan holatda, yuqoridagi kamida 1 soatlik qisqartirilgan vaqti ish vaqtidan tashqari ish deb baholanadi hamda MK 262-moddasiga ko‘ra, ish vaqtidan tashqari ishning bir kundagi birinchi ikki soati uchun kamida 1.5 hissa miqdorida haq to‘lanadi yoki xodimning xohishiga ko‘ra ish vaqtidan tashqari ish uchun oshirilgan haq to‘lash o‘rniga ish vaqtidan tashqari ishlab berilgan vaqtning davomiyligiga muvofiq keladigan qo‘shimcha dam olish vaqtini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin.

Комментарии 1

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Выходные

Поделиться

line

Тематические новости

Новости

Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar 10 kun, o‘qituvchilar esa 3 kun dam oladi

23-mart, dushanba - haftada 5 kun ishlaydiganlar uchungina dam olish kuni hisoblanadi. Davlat ta’lim tashkiloti xodimlari 6 kunlik ish haftasida ishlagani bois, ular uchun 23-mart rasman ish kuni hisoblanadi.

10:54 / 19.03.2026
You asked

14-yanvar kuni o‘qishmi yoki dam olish kunimi?

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilinganmi? Bu kuni ham dam olish kuni bo‘ladigan bo‘lsa, mavzularni jurnalga qanday tartibda yozamiz?

09:50 / 08.01.2026
Новости

Педагогические работники в преддверии новогодних праздников будут отдыхать 5 дней подряд, а учащиеся - 14 дней подряд

Президент подписал постановление "Об установлении дополнительного нерабочего дня в период празднования Нового года и переносе выходного дня."

23:11 / 24.12.2025
Статья

Перевод учителей начальных классов на 5-дневный рабочий режим был в руках министерства, но...

Поскольку методические дни для педагогических работников были официально отменены, у учителей начальных классов появилась возможность установить субботу в качестве выходного дня, но министерство даже не пыталось этого сделать, точнее, похоже, не хотело.

18:16 / 14.04.2025