Top.Mail.Ru
Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar 10 kun, o‘qituvchilar esa 3 kun dam oladi

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar 10 kun, o‘qituvchilar esa 3 kun dam oladi

10:54 / 19.03.2026 4.44k

Xabaringiz bor, Ramazon hayiti 20-mart sanasida nishonlanishi munosabati bilan o‘quvchilarning bahorgi ta’tili 20-martdan boshlanib, 28-martga qadar davom etishi belgilandi.


Bunda o‘quv yilining 4-choragi 30-mart (dushanba) kunidan boshlanib, joriy o‘quv yilining 20-mart (juma) kunidagi va 28-mart (shanba) kunidagi o‘quv mashg‘ulotlari 4-chorakda o‘quv dasturlariga tig‘izlashtirilgan holda o‘qitiladi. Ya’ni, maktab o‘quvchilari bahorgi ta’tilda to‘liq 10 kun dam oladi.


Pedagog xodimlar 3 kun dam oladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori bilan 2026-yil 20-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilandi.


Shu munosabat bilan dam olish kunlari quyidagicha belgilandi


  • 20-mart, juma – Ramazon hayiti, barcha uchun dam olish kuni;


  • 21-mart, shanba – Navro‘z bayrami, barcha uchun dam olish kuni;


  • 22-mart, yakshanba – odatiy dam olish kuni.


Bunda 23-mart, dushanba - haftada 5 kun ishlaydiganlar (hududiy MMTB xodimlari) uchungina dam olish kuni hisoblanadi. Davlat ta’lim tashkiloti xodimlari 6 kunlik ish haftasida ishlagani bois, ular uchun 23-mart rasman ish kuni hisoblanadi.


Amaldagi qonunchilikka ko‘ra maktabda darslar bo‘lmagan vaqtlarda o‘qituvchilar pedagogik yuklamasida belgilab berilgan ishlarni amalga oshiradi yoki maktab ma’muriyati tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

Комментарии 0

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Выходные

Поделиться

line

Тематические новости

You asked

Qo‘shimcha dam olish kunlari hisobiga oyliklar kamayadimi?

Bu yil Qurbon hayiti 27-may – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelib, prezidentning tegishli farmoni bilan barcha uchun 2 kun (payshanba-juma) qo‘shimcha dam olish kuni va yana 6 kunliklar uchun esa shanba ham dam olish kuni deb e’lon qilingan.

11:55 / 18.05.2026
You asked

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ta’lim muassasalarida dam olish kunlari qanday bo‘ladi?

Xotira va qadrlash kuni bayrami besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba — dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni mos ravishda 2026-yil 11-may — dushanba kuniga ko‘chirilishi belgilangan.

15:50 / 08.05.2026
You asked

14-yanvar kuni o‘qishmi yoki dam olish kunimi?

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilinganmi? Bu kuni ham dam olish kuni bo‘ladigan bo‘lsa, mavzularni jurnalga qanday tartibda yozamiz?

09:50 / 08.01.2026
Новости

Педагогические работники в преддверии новогодних праздников будут отдыхать 5 дней подряд, а учащиеся - 14 дней подряд

Президент подписал постановление "Об установлении дополнительного нерабочего дня в период празднования Нового года и переносе выходного дня."

23:11 / 24.12.2025