Navro‘z va Ramazon hayiti arafasida o‘quvchilar 10 kun, o‘qituvchilar esa 3 kun dam oladi
Xabaringiz bor, Ramazon hayiti 20-mart sanasida nishonlanishi munosabati bilan o‘quvchilarning bahorgi ta’tili 20-martdan boshlanib, 28-martga qadar davom etishi belgilandi.
Bunda o‘quv yilining 4-choragi 30-mart (dushanba) kunidan boshlanib, joriy o‘quv yilining 20-mart (juma) kunidagi va 28-mart (shanba) kunidagi o‘quv mashg‘ulotlari 4-chorakda o‘quv dasturlariga tig‘izlashtirilgan holda o‘qitiladi. Ya’ni, maktab o‘quvchilari bahorgi ta’tilda to‘liq 10 kun dam oladi.
Pedagog xodimlar 3 kun dam oladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori bilan 2026-yil 20-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilandi.
Shu munosabat bilan dam olish kunlari quyidagicha belgilandi
- 20-mart, juma – Ramazon hayiti, barcha uchun dam olish kuni;
- 21-mart, shanba – Navro‘z bayrami, barcha uchun dam olish kuni;
- 22-mart, yakshanba – odatiy dam olish kuni.
Bunda 23-mart, dushanba - haftada 5 kun ishlaydiganlar (hududiy MMTB xodimlari) uchungina dam olish kuni hisoblanadi. Davlat ta’lim tashkiloti xodimlari 6 kunlik ish haftasida ishlagani bois, ular uchun 23-mart rasman ish kuni hisoblanadi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra maktabda darslar bo‘lmagan vaqtlarda o‘qituvchilar pedagogik yuklamasida belgilab berilgan ishlarni amalga oshiradi yoki maktab ma’muriyati tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
14-yanvar kuni o‘qishmi yoki dam olish kunimi?
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilinganmi? Bu kuni ham dam olish kuni bo‘ladigan bo‘lsa, mavzularni jurnalga qanday tartibda yozamiz?
Yangiliklar
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
Prezident “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida” qarorni imzoladi.
Maqola
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini 5 kunlik ish rejimiga o‘tkazish vazirlik qo‘lida edi, ammo...
Pedagog xodimlar uchun metodik kunlar rasman bekor qilingani sababli, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga shanba kunini dam olish kuni sifatida belgilash imkoniyati paydo bo‘lgandi, ammo vazirlik bunday qilishga urinib ham ko‘rmadi, aniqrog‘i xohlamagan ko‘rinadi.
Yangiliklar
Deputatlar ham 5 kunlik o‘qish tizimi haqida gapira boshladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shaxnoza Xolmaxamatova “Ta’lim tizimini to‘liq 5 kunlik o‘qish va ish rejimiga o‘tkazish” mavzusiga e’tibor qaratdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang