Top.Mail.Ru
Yangi olingan malaka toifasi uchun qachondan boshlab to‘lov qilinadi?

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

Yangi olingan malaka toifasi uchun qachondan boshlab to‘lov qilinadi?

16:30 / 12.05.2026 531

Savol

Attestatsiyada ishtirok etib, malaka toifamni oshirgandim. Bu haqda MMTB buxgalteriga xabar berib, oylik maoshimni yangi toifamga moslab oshirib beringlar desam, bizning limitimiz tugagan, maoshingizni oshirolmaymiz deb javob berdi.


Malaka toifasi oshirilgan o‘qituvchining maoshiga qachondan boshlab qo‘shimcha haq to‘lash boshlanadi? Bu yerda buxgalterning gapi qanchalik asosli?


Javob

Bu vaziyatda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi buxgalteri noto‘g‘ri va asossiz javob bergan. Ya’ni, malaka toifasi (lavozimi) saqlangan yoki oshirilgan pedagoglarga qo‘shimcha haq to‘lovlarini amalga oshirishga hech qanday limit belgilanmagan.


Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 47-bandiga ko‘ra, attestatsiya jarayonlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng bir oy muddat ichida vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan attestatsiya natijalariga ko‘ra oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari hamda bosh, yetakchi va katta o‘qituvchi lavozimlari berilgan pedagog kadrlarning ro‘yxati tasdiqlanadi.


Mazkur ro‘yxatga asosan pedagog kadrlarga QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikatlar pedagog.uzedu.uz platformasi orqali onlayn generatsiya qilinadi.


Nizomning 48-bandiga ko‘ra, pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.


Amaldagi tartibga ko‘ra, malaka toifasi (lavozimi) saqlangan va oshirilgan pedagog kadrlarning ro‘yxatini tasdiqlash hamda elektron shakldagi sertifikatlarni generatsiya qilish ishlari har yili iyun va dekabr oylarida amalga oshiriladi.


Har yili 1-iyulga va 1-yanvarga qadar esa yangidan tasdiqlangan malaka toifalari yoki lavozimlarga asosan pedagog kadrlarning oylik ish haqlarini qayta hisob-kitob qilish ishlari amalga oshiriladi.


Ya’ni, malaka toifasi (lavozimi) saqlangan yoki oshirilgan pedagog xodimga qo‘shimcha to‘lovlar o‘sha oyning o‘zida to‘lab berilmaydi. Bu attestatsiya jarayoni to‘liq yakunlanganidan so‘ng amalga oshiriladi.


Bunda pedagog xodimning malaka toifasi (lavozimi) qaysi sanadan boshlab saqlangan yoki oshirilgan bo‘lsa, xuddi shu sanadan boshlab ularning oylik ish haqlari qayta hisob-kitob qilib beriladi.

Комментарии 0

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Месячная зарплата
  • Квалификационная категория

Поделиться

line

Тематические новости

You asked

Удвоятся ли зарплаты учителей в 2026 году?

В социальных сетях распространяются сообщения о том, что в 2026 году заработная плата педагогических работников увеличится вдвое. Насколько обоснованны эти сообщения?

09:37 / 01.01.2025
You asked

Теперь должны ли учителя, преподающие в 1-х классах, быть высшей или первой категории?

В социальных сетях распространяются сообщения о том, что "с текущего учебного года учителя 1-го класса должны иметь высшую или первую категорию." Насколько это обосновано?

17:11 / 12.02.2026
Новости

Ta’lim sohasi oylik ish haqi bo‘yicha boshqa sohalardan ortda qolishda davom etmoqda

Ta’lim sohasida o‘rtacha oylik ish haqi 4 372,0 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, uning tarkibi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi oliy ta’lim sohasida 10 159,5 ming so‘mni tashkil etgan.

11:23 / 27.01.2026
You asked

Учителям начальных классов 70% надбавки выплачивается не полностью?

Надбавка в размере 70 процентов подлежит выплате дополнительно к действующим размерам их тарифных ставок.

14:30 / 24.01.2026