Ayrim pedagoglarga qo‘shimcha 4 kunlik ta’til beriladimi?
Savol
O‘qituvchiman, 2 nafar voyaga yetmagan farzandim bor. Ta’til vaqti ham yaqinlashmoqda. Adashmasam, Mehnat kodeksida 2 va undan ortiq farzandi borlarga ta’tilga chiqqanda qo‘shimcha kunlar qo‘shilishi nazarda tutilgan ekan. Shuning asosi bormi?
Javob
56 kun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili olish huquqiga ega bo‘lgan, 12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolasi bor pedagog xodim MK 401-moddasidagi 4 kalendar kun ta’tilni olishga haqlimi?
Mazkur masala bo‘yicha soha mutaxassislari orasida ham bahslar mavjud. Bizningcha, 56 kun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili olish huquqiga ega bo‘lgan, 12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolasi bor pedagog xodimlar MK 401-moddasidagi 4 kalendar kun ta’tilni olishga haqli.
Buni quyidagicha asoslaymiz: O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 401-moddasiga ko‘ra, o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida 4 kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi.
MK 237-moddasi (qonunchilikda belgilangan ijtimoiy ta’tillar) 6-qismiga ko‘ra, o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq nafar bola yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biri (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxs) davomiyligi to‘rt kalendar kun bo‘lgan har yilgi ijtimoiy ta’til davrida o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi (ushbu Kodeksning 401-moddasi).
MK 401-moddasida “haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til” deyiladi, MK 237-moddasida esa “ijtimoiy ta’til” atamasi ishlatiladi. Mohiyatan, MK 401-moddasidagi ta’til ijtimoiy ta’til hisoblanadi.
Chunki har yilgi mehnat ta’tilidan farqli ravishda, ijtimoiy ta’tillar xodimga dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun emas, balki onalik, bolalarni parvarishlash, ta’lim olish uchun qulay sharoitlar yaratish hamda boshqa ijtimoiy maqsadlar uchun beriladi (MK 236-moddasi).
MK 222-moddasiga ko‘ra (har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarini jamlash tartibi), har yilgi mehnat ta’tilining umumiy davomiyligini hisoblashda qo‘shimcha ta’tillar asosiy ta’tilga qo‘shib jamlanadi.
Barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan mehnat ta’tillari davomiyligi bir ish yili uchun 56 kalendar kundan oshmasligi kerak. Ya’ni MK 222-moddasi faqat har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarini tartibga soladi, ijtimoiy ta’tillarga tatbiq etilmaydi.
Shundan kelib chiqib, 56 kun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tiliga ega bo‘lgan, 12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolasi yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolasi bor pedagog xodim MK 401-moddasidagi 4 kalendar kunlik ta’tilni olishga haqli, degan xulosaga kelish mumkin.
Ammo amaliyotda pedagoglarga bu ta’til berilmayapti. Buni esa g‘ayriqonuniy deb hisoblaymiz. Shunga qaramay, amaliyotda sud tartibida ushbu ta’tilni pedagoglarga olib berilgan holatlar mavjud.
Mehnat huquqiga oid muhim savollarga javobni @mehnathuquqi sahifasida ham kuzatib boring.
Комментарии 1
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Endilikda bo‘lajak o‘qituvchilar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi
O‘qituvchilar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma qachon va qay tartibda berilishi aniq bo‘ldi
Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
Тематические новости
You asked
Учитель должен уйти в отпуск только летом?
В трудовом законодательстве нет требования об обязательном уходе педагогических работников летом в отпуск.
You asked
Если оплата отпуска задерживается, выплачивается ли работнику компенсация за каждый день просрочки?
Денежную компенсацию директор не выплачивает из своего кармана.
Новости
Должны ли педагоги, которые преподают почасово, также иметь трудовой отпуск?
По мнению Саидали Мухтаралиева, документ, принятый Министерством юстиции и устанавливающий порядок почасовой оплаты труда (No 3127), противоречит Конституции и Трудовому кодексу, что ограничивает право педагогов на отпуск.
You asked
Могут ли некоторые категории учителей взять отпуск продолжительностью 60 календарных дней?
Вправе ли педагогический работник, имеющий 2 и более детей в возрасте до 12 лет или ребенка-инвалида в возрасте до 16 лет, имеющий право на ежегодный удлиненный трудовой отпуск продолжительностью 56 дней, получать отпуск продолжительностью 4 календарных дня согласно ст. 401 ТК?
Русский
Редактировать комментарий