Top.Mail.Ru
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi

12:48 / 02.06.2026 2.90k

Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at xodimlari bilan sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan uchrashuvda madaniyat va san’at sohasida ta’lim tizimini takomillashtirish masalasiga to‘xtaldi. Qayd etilishicha, yangi o‘quv yilidan boshlab, 326 ta musiqa va san’at maktabidagi o‘qituvchilarning oyligi ham umumta’lim maktablari bilan bir xil bo‘ladi.


Endi umumta’lim va musiqa maktabi o‘qituvchilari ish haqiga o‘quvchilarining cholg‘ularni qay darajada ijro etishiga qarab, 20 foizgacha ustama to‘lanadi.Yangi o‘quv yilida kamida 1,5 million o‘quvchini musiqa va san’atga jalb qilish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Buning uchun 326 ta musiqa va san’at, 29 ta ixtisoslashgan maktab bilan umumta’lim maktablari o‘rtasida ijodiy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.


Musiqa va san’at maktablarining ijodiy jamoalari umumta’lim maktablarida muntazam konsert-tomosha dasturlari va mahorat darslarini o‘tkazib borishi zarurligi qayd etildi.


Har yili teatr, cholg‘u, xor va raqs yo‘nalishidagi umumta’lim maktablari o‘rtasida tuman, viloyat, respublika darajasida tanlovlar o‘tkaziladi. Ularning ijod mahsulini respublika bo‘yicha targ‘ib qilish, sahna dekoratsiyalari va liboslari, musiqa asboblari olish uchun 500 million so‘mdan grant beriladi.


Shuningdek, respublika tanlovi g‘oliblari madaniyat va san’at oliygohlariga o‘qishga qabul qilinadi.Shuningdek, umumta’lim maktablarida musiqa, tasviriy san’at va texnologiya darslari “art” o‘quv dasturi asosida takomillashtirilishi belgilandi. Ushbu yo‘nalish bolani kreativ fikrlash, jamoaviy ishlashga o‘rgatadi, unda estetik did, emotsional intellekt va innovatsion tafakkurni shakllantiradi. 


Mutasaddilarga yangi o‘quv yilidan har bir viloyatdagi 10 tadan umumta’lim maktabida tajriba tarzida art yo‘nalishini joriy qilish topshirildi. Bunda 1-4-sinfda bolalar rasm, musiqa va o‘yinlar orqali ijodga, madaniyat va san’atga qiziqtiriladi, 5-7-sinf o‘quvchilariga ijodiy jamoada ishlash va o‘z fikrini erkin ifoda etish, 8-9-sinflarda dizayn, grafika va sun’iy intellekt orqali kreativ loyihalarni ishlab chiqish, 10-11-sinflarda ushbu loyihalarni tayyor mahsulotga aylantirish o‘rgatiladi.

Комментарии 0

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Шавкат Мирзиёев
  • надбавка

Поделиться

line

Тематические новости

video You asked

Что произойдет, если у учителя, работающего в "красной" школе, истечет срок контракта?

При несоответствии договора установленным требованиям трудовой договор признается заключенным на неопределенный срок.

10:30 / 06.07.2024
You asked

O‘qituvchilarga direktor jamg‘armasi hisobidan ustama tayinlashning to‘liq tartibi qanday?

Pedagog xodimlar ish faoliyati 9 ta mezon bo‘yicha, jami 100 ballik tizimda baholanadi. Pedagog xodimlarning faoliyatini baholash mezonlari asosida toʻplagan umumiy ballari boʻyicha ularga ustama haq belgilanadi.

09:00 / 01.07.2026
video You asked

Преподавателю, прошедшему кружок, начисляются баллы за надбавку?

Я подал документы на получение надбавки из фонда директора. На протяжении всей моей карьеры я работал в кружках со слабоуспевающими и талантливыми учениками. Но "завуч" и директор говорят, что ему не дадут никаких баллов, это правда?

14:50 / 02.06.2025
video Новости

O‘qituvchilarning malaka toifasi hisobga olingan holda ustama ballari qayta hisoblanadi

Ishchi guruhlar pedagoglarga qo‘yilgan ballarni qayta hisob-kitob qiladi hamda zarur hollarda ustama tayinlash to‘g‘risidagi buyruqlarga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritadi.

11:45 / 18.06.2026