Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at xodimlari bilan sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan uchrashuvda madaniyat va san’at sohasida ta’lim tizimini takomillashtirish masalasiga to‘xtaldi. Qayd etilishicha, yangi o‘quv yilidan boshlab, 326 ta musiqa va san’at maktabidagi o‘qituvchilarning oyligi ham umumta’lim maktablari bilan bir xil bo‘ladi.
Endi umumta’lim va musiqa maktabi o‘qituvchilari ish haqiga o‘quvchilarining cholg‘ularni qay darajada ijro etishiga qarab, 20 foizgacha ustama to‘lanadi. Yangi o‘quv yilida kamida 1,5 million o‘quvchini musiqa va san’atga jalb qilish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Buning uchun 326 ta musiqa va san’at, 29 ta ixtisoslashgan maktab bilan umumta’lim maktablari o‘rtasida ijodiy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Musiqa va san’at maktablarining ijodiy jamoalari umumta’lim maktablarida muntazam konsert-tomosha dasturlari va mahorat darslarini o‘tkazib borishi zarurligi qayd etildi.
Har yili teatr, cholg‘u, xor va raqs yo‘nalishidagi umumta’lim maktablari o‘rtasida tuman, viloyat, respublika darajasida tanlovlar o‘tkaziladi. Ularning ijod mahsulini respublika bo‘yicha targ‘ib qilish, sahna dekoratsiyalari va liboslari, musiqa asboblari olish uchun 500 million so‘mdan grant beriladi.
Shuningdek, respublika tanlovi g‘oliblari madaniyat va san’at oliygohlariga o‘qishga qabul qilinadi.Shuningdek, umumta’lim maktablarida musiqa, tasviriy san’at va texnologiya darslari “art” o‘quv dasturi asosida takomillashtirilishi belgilandi. Ushbu yo‘nalish bolani kreativ fikrlash, jamoaviy ishlashga o‘rgatadi, unda estetik did, emotsional intellekt va innovatsion tafakkurni shakllantiradi.
Mutasaddilarga yangi o‘quv yilidan har bir viloyatdagi 10 tadan umumta’lim maktabida tajriba tarzida art yo‘nalishini joriy qilish topshirildi. Bunda 1-4-sinfda bolalar rasm, musiqa va o‘yinlar orqali ijodga, madaniyat va san’atga qiziqtiriladi, 5-7-sinf o‘quvchilariga ijodiy jamoada ishlash va o‘z fikrini erkin ifoda etish, 8-9-sinflarda dizayn, grafika va sun’iy intellekt orqali kreativ loyihalarni ishlab chiqish, 10-11-sinflarda ushbu loyihalarni tayyor mahsulotga aylantirish o‘rgatiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Yangi o‘quv yili uchun “qizil” toifadagi maktablar ro‘yxati e’lon qilindi
Bugundan xususiy universitetlarga qabul jarayonlari boshlandi
Nihoyat, pedagog xodim atamasidagi chalkashliklarga chek qo‘yilishi mumkin
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi?
Ta’lim muassasalaridagi Ishchi guruhlar nizom talabi bo‘yicha ishlashi lozim.
So'ragan edingiz
O‘qituvchilarga qachondan boshlab 70 foizlik ustama to‘lash boshlanadi?
Pedagoglarga sertifikat olingan kundan boshlab 70 foizlik ustamalar ularning oylik ish haqlariga qo‘shib hisoblash boshlanadi.
So'ragan edingiz
Ish tajribasi boshqa maktabda ommalashtirilgan o‘qituvchiga ustama uchun ball bersa bo‘ladimi?
O‘qituvchining ish tajribasi maktabda ommalashgan bo‘lib, ish joyini boshqa maktabga ko‘chirsa, ustama uchun shu maktabdan ball bersa bo‘ladimi?
Yangiliklar
Endi har payshanbada mas’ullar ta’lim tashkilotlariga borib, yoshlar bilan uchrashadi
Ayni vaqtda Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti bo‘lib o‘tyapti.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang