Kirish imtihonida qatnashgan abituriyentlarning atigi uchdan bir qismi talabalikka tavsiya etildi
Ma’lumki, 1-iyundan boshlab 2026/2027-o‘quv yili uchun xususiy oliygohlarga qabul jarayonlari boshlangandi. Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga abituriyentlarni qabul qilish tartibi har bir universitetning qabul komissiyasi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
HUJJAT TOPSHIRISH
Xususiy oliygohlar orasida Profi University abituriyentlarni kirish imtihonlari asosida qabul qiladigan kam sonli universitetlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 13-iyun kuni universitetda o‘tkazilgan kirish imtihonlarida 3139 nafar abituriyent ishtirok etdi. Imtihon natijalariga ko‘ra, abituriyentlarning 782 nafari yoki 25 foizi talabalikka tavsiya etildi.
Qolgan 2357 nafar abituriyent esa universitet qabul komissiyasi tomonidan belgilangan o‘tish ballarini to‘play olmadi. Talabalikka tavsiya etilganlarning 238 nafari stipendiya asosida, 67 nafari turli imtiyozlar asosida, 477 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Ayni vaqtda Profi University oliygohiga o‘qishni ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar ham imtihon asosida oliygohga qabul qilinmoqda. Ya’ni, shu toifadagi talabalar ham kirish imtihonlarida ishtirok etmoqda.
13-iyun kuni bo‘lib o‘tgan kirish imtihonida o‘qishni Profi Universityga ko‘chirish istagida bo‘lgan 84 nafar talabadan atigi 12 nafari universitet qabul komissiyasi tomonidan belgilangan o‘tish ballarini qo‘lga kiritgan.
Eslatib o'tamiz, 2025-yilgi qabul jarayonida Profi University kirish imtihonlarida 42 649 nafar abituriyent qatnashgan bo‘lib, ulardan 7 831 nafari talabalikka tavsiya etilgandi.
Ma’lumot uchun, Profi University'da navbatdagi kirish imtihoni 11-iyul kuni o‘tkaziladi.
HUJJAT TOPSHIRISH
Комментарии 0
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
В отношении лиц, организовавших незаконную схему для успешного прохождения педагогами аттестации, вынесен судебный приговор
2031-yilgacha barcha maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi — vazir o‘rinbosari
В Ташкенте изучается потребность в школьных автобусах
Директора школы арестовали после распределения учебных часов
Тематические новости
Высшее образование
O‘zbekiston hindistonlik talabalarni qabul qilishga taqiq qo‘ydimi?
Ayni vaqtda hindistonlik talabalarning O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinishiga cheklovlar qo‘yilgan. Mazkur cheklov nima sababdan, qanday maqsadda qo‘yilgani hozircha noma’lum.
Высшее образование
Oliygoh bitiruvchilarining bandlik darajasi haqidagi tahlillar e’lon qilindi
249 432 nafar bitiruvchining natijalari respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim tashkiloti boʻyicha bo‘yicha tahlil qilingan. Tahlil doirasida bitiruvchilarning mehnat bozoriga chiqishi uchun qancha vaqt talab etilishi, ularning qaysi qismi barqaror bandligini saqlab qolishi va oʻrtacha rasmiy daromadlari qanday ekani oʻrganilgan.
Новости
Bugundan xususiy universitetlarga qabul jarayonlari boshlandi
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish har bir universitetning qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.
Высшее образование
Talabalar tibbiyotni haqiqiy murdalar orqali o‘rganmoqdami?
Bilamizki, tibbiyotda ta’lim uzoq davom etadi — diplom olish bilan hammasi tugamaydi. Undan keyin amaliyotdan o‘tish va mustaqil ishlash uchun ruxsat olish talab etiladi. Ko‘plab talabalar hali o‘qishni tugatmasdan turib ham ishga joylashmoqda.
Русский
Редактировать комментарий