Bugun 1 soat vaqtliroq ishdan ketish mumkinmi?
Mehnat kodeksining 187-moddasi bilan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartirilishi belgilangan.
Ammo ertaga, 29-dekabr bayram kuni emas, shunchaki yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kunidir.
Mehnat kodeksining 187-moddasida esa bayram kunlari arafasi nazarda tutilgan.
Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra quyidagi kunlar ishlanmaydigan bayram kunlaridir:
- 1-yanvar — Yangi yil;
- 8-mart — Xotin-qizlar kuni;
- 21-mart — Navro‘z bayrami;
- 9-may — Xotira va qadrlash kuni;
- 1-sentabr — Mustaqillik kuni;
- 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
- 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni;
- Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;
- Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.
Shu sababli, 28-dekabr, shanba — 6 kun ishlovchilar uchun odatiy ish kuni hisoblanib, ish vaqti 1 soatga qisqartirilmaydi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
“Tarbiya” fani yanada takomillashtirlib, ta’lim-tarbiya strategiyasi ishlab chiqiladi
Hokim Erkinjon Turdimov Ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi
Maktab farroshligi uchun 1500$, bog‘cha tarbiyachiligi uchun 500$ olgan direktorlarga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi
Ta’lim tizimidagi takrorlanuvchi vazifalar qisqartiriladi, hududiy bo‘g‘inlar mas’uliyati kuchaytiriladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
1 stavkada ishlovchi o‘qituvchi boshqa maktabda ham ishlashi mumkinmi?
O‘qituvchi maktab direktori bilan o‘zaro kelishgan holda boshqa ta’lim muassasasida tashqi o‘rindoshlik asosida ishlashi ham mumkin.
So'ragan edingiz
Ramazon oyida xodimlar ishdan vaqtliroq ketishlari mumkinmi?
Ro‘zador xodimlar 30 daqiqa vaqtliroq ketishlari mumkin...
So'ragan edingiz
30 soat darsni 3 kunga qo‘ydirib, qolgan uch kun dam olsa bo‘ladimi?
Bir stavkada ishlayotgan xodimga ham haftada atigi bir kunni bo‘sh qoldirish imkoniyati mavjud xolos
So'ragan edingiz
Maktab o‘qituvchilarining haftalik yuklamasi kamaytirildimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining haftalik yuklamasini 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf o‘qituvchilarining yuklamasini esa 20 soatdan 18 soatga tushirish haqida prezident topshiriq bergani haqida xabarlar tarqalmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang