Sobiq PIMA xodimi Fan olimpiadalari markaziga direktor bo‘ldi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-346-sonli qarori bilan 2025-yil 1-yanvardan boshlab, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etilishi belgilangandi.
Yangi tashkil etilgan Fan olimpiadalari markaziga shu vaqtga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Ta’lim sifatini baholash va monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan To‘raboy Shermatov direktor etib tayinlandi.
Mazkur tayinlov bir oy avval, 2024-yil 20-noyabrda amalga oshirilgan. T.Shermatovni lavozimga tayinlash haqidagi buyruq esa Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining buyrug‘i bilan amalga oshirilgan.
T.Shermatov Toshkent shahridagi INHA universitetining uzluksiz ta’lim markazi fizika va matematika o‘qituvchisi, O‘zFA Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida kichik ilmiy xodim, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning maxsus fanlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Avval bu tizim qanday ishlagan?
Fan olimpiadalari markazi tashkil etilishidan avval olimpiadalarni tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash ishlari bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Fan olimpiadalarini o‘tkazish va iqtidorli o‘quvchilarni saralash departamenti shug‘ullanardi.
Departamentning tarkibi 3 ta bo‘lim va 1 ta sho‘badan, ya’ni Olimpiadalarni tashkil etish bo‘limi, Iqtidorli yoshlarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash va terma jamoa ishtirokini ta’minlash, Nazorat materiallarini tayyorlash bo‘limi va Ixtisoslashtirilgan maktablar istiqbolini belgilash sho‘basidan tashkil topgandi.
Ushbu departamentga esa 2019-yildan buyon vazirlikda ishlab kelayotgan Raxmonov Umid Olimovich rahbarlik qilib kelardi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Umid Raxmonov o‘z xohishiga binoan ishdan ketgan.
Umid Raxmonov shu vaqtga qadar olimpiadalar yo‘nalishida salmoqli ishlarni amalga oshirgan, salohiyatli kadrlardan biri edi. Masalan, 2021-2024-yillar oralig‘ida o‘zbekistonlik o‘quvchilarning turli xil olimpiadalarda qo‘lga kiritgan yutuqlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, medallar soni karrasiga ortganini kuzatish mumkin. Bu davr mobaynida o‘quvchilarimiz nufuzli musobaqalarda yanada yuqori natijalar ko‘rsatib, xalqaro maydonda O‘zbekiston nufuzini yanada oshirganliklari bilan ajralib turadi.
Masalan, 2021/2022-o‘quv yilida nufuzli xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda o‘quvchilar jami 45 ta medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2022/2023-o‘quv yilida 69 ta, 2023/2024-o‘quv yilida esa 128 ta medalni qo‘lga kiritishgan. Bu natijalarda esa Umid Raxmonovning ham hissasi katta edi, albatta.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
O‘qituvchilar attestatsiyasini o‘tkazuvchi markaz boshqa tashkilotga qo‘shib yuborildi
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Erkinjon Turdimovdan ham avvalroq vazirlik qayta tashkil etilgan kunning o‘zida vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari tayinlangandi. Biroq, boshqa o‘rinbosarlar tayinlanmagandi. Bugun mazkur tayinlovlar amalga oshirildi.
Tayinlov
Hokim Erkinjon Turdimov Ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi
Surxandaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligiga rahbar etib tayinlandi.
Tayinlov
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimiga Rustamova Laylo Suvankulovna tayinlandi.
Tayinlov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Ayapov Amanjol Tlepovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang