“Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari” tanlovi g‘oliblarini tabriklaymiz
Bu tizim xodimlari bejizga “Xalq ta’limi xodimlari” deb atalmaydi. Bugun mana shu tizimda faoliyat yuritib kelayotgan barcha xodimlarni Yangi yil bayrami bilan tabriklaymiz. Har doimgidek pedagoglarga yuqori maosh, yuksak maqom, obro‘-e’tibor tilaymiz. Kirib kelayotgan yangi 2025-yil pedagoglar uchun omadli yil bo‘lsin.
2025-yilda ham o‘qituvchilarni xursand qiladigan yanada ko‘plab loyihalarni amalga oshirishga harakat qilamiz. Yana bir bor kirib kelayotgan Yangi yilingiz muborak bo‘lsin.
Xabaringiz bor, bu yil ham an’anaviy ravishda “Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari” tanlovini o‘tkazdik. Ushbu tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘z jamoalari bilan birgalikda ishtirok etishdi.
G‘oliblarni aniqlash uchun @pedagog_jamoa_bot'ga yetib kelgan eng yaxshi surat va bayram tabriklari saralab chiqildi. Eng namunali surat va bayram tabriklari yuborgan ta’lim muassasasi ijodiy ishlari orasidan eng munosiblari ajratib olindi. Shundan so‘ng, ular orasidan 1-, 2- va 3-o‘rin uchun nomzodlar random dasturi orqali tasodifiy tarzda aniqlandi.
Quyidagi ta’lim muassasalari tanlov g‘oliblari deb topildi
Tez kunlarda tanlovda 1-, 2- va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan ta’lim muassasalari pul mukofoti yoki esdalik sovg‘alar, shuningdek xalqtaliminfo.uz tahririyati hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tashakkurnomasi bilan taqdirlanadi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘zbekistond 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tishning huquqiy asoslari belgilanmoqda
Maktablarda sport to‘garaklari faoliyati kengaytiriladi: iqtidorli o‘quvchilar “Sport akademiyasi” uchun saralanadi
Mahkuma ayollarning farzandlari uchun maxsus bog‘chalar tashkil etiladi
“Xususiy bog‘chalarning nomini o‘zbekchalashtirish kerak” — Sherzodxon Qudratxo‘ja
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
19-noyabrdan “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichi boshlanadi
6–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichlari joriy yil 19-noyabrdan boshlanadi. Tanlovda o‘quvchilar jadidlar hayoti va ijodiga oid bilimlarini namoyish etish, asarlarni tahlil qilish, insho yozish hamda ijodiy loyihalarini taqdim etish orqali bellashadi.
Yangiliklar
O‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazilib, g‘olib jamoaga “Damas” beriladi
O‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha ilk bora “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etiladi.
Yangiliklar
Yangi o‘quv yilidan boshlab maktablarda “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–59-son, 11.02.2026 y.) imzolandi.
Yangiliklar
Ayrim maktablar elektromobil bilan, o‘qituvchilar esa xorijga sayohat hamda 1000 AQSh dollar bilan taqdirlanadi
Endilikda “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, 100 nafar o‘qituvchi 1 000 AQSh dollari pul mukofoti, 10 nafar o‘qituvchi xorijiy sayohatga yo‘llanma, 500 nafar yoshlar noutbuk va 500 nafar yoshlar qimmatbaho sovg‘alar, 3 ta oliy ta’lim tashkiloti pul mukofoti hamda 2 ta umumta’lim maktabi “Prezident sovg‘asi” — elektromobil bilan taqdirlanadi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang