Top.Mail.Ru
“Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari” tanlovi g‘oliblarini tabriklaymiz

The website texts are translated by Google, errors possible!

“Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari” tanlovi g‘oliblarini tabriklaymiz

23:00 / 31.12.2024 14.76k

Eng birinchi navbatda Xalq ta’lim Info loyihasi asoschisi Ulug‘bek Po‘latov maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi barcha xodimlarni Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklaydi!


Bu tizim xodimlari bejizga “Xalq ta’limi xodimlari” deb atalmaydi. Bugun mana shu tizimda faoliyat yuritib kelayotgan barcha xodimlarni Yangi yil bayrami bilan tabriklaymiz. Har doimgidek pedagoglarga yuqori maosh, yuksak maqom, obro‘-e’tibor tilaymiz. Kirib kelayotgan yangi 2025-yil pedagoglar uchun omadli yil bo‘lsin.


2025-yilda ham o‘qituvchilarni xursand qiladigan yanada ko‘plab loyihalarni amalga oshirishga harakat qilamiz. Yana bir bor kirib kelayotgan Yangi yilingiz muborak bo‘lsin.


Xabaringiz bor, bu yil ham an’anaviy ravishda “Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari” tanlovini o‘tkazdik. Ushbu tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘z jamoalari bilan birgalikda ishtirok etishdi.


G‘oliblarni aniqlash uchun @pedagog_jamoa_bot'ga yetib kelgan eng yaxshi surat va bayram tabriklari saralab chiqildi. Eng namunali surat va bayram tabriklari yuborgan ta’lim muassasasi ijodiy ishlari orasidan eng munosiblari ajratib olindi. Shundan so‘ng, ular orasidan 1-, 2- va 3-o‘rin uchun nomzodlar random dasturi orqali tasodifiy tarzda aniqlandi.


Quyidagi ta’lim muassasalari tanlov g‘oliblari deb topildi


1-o‘rin: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 164-umumiy o‘rta ta’lim maktabi



2-o‘rin: Andijon viloyati Andijon shahar 30-umumta’lim maktabi


3-o‘rin: Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar 11-ixtisoslashgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi



Tez kunlarda tanlovda 1-, 2- va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan ta’lim muassasalari pul mukofoti yoki esdalik sovg‘alar, shuningdek xalqtaliminfo.uz tahririyati hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tashakkurnomasi bilan taqdirlanadi.

Comments 0

Show more
Please register to comment!

Author of the article

"Xalq ta'limi Info"

"Xalq ta'limi Info"

Editorial

Tegs

  • selection
  • New Year

Share

line

News on the topic

News

19-noyabrdan “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichi boshlanadi

6–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovining hududiy bosqichlari joriy yil 19-noyabrdan boshlanadi. Tanlovda o‘quvchilar jadidlar hayoti va ijodiga oid bilimlarini namoyish etish, asarlarni tahlil qilish, insho yozish hamda ijodiy loyihalarini taqdim etish orqali bellashadi.

15:53 / 10.11.2026
News

A football match will be held among schoolgirls, and the winning team will receive a Damas.

For the first time, the "Minister of Preschool and School Education Cup" football tournament will be held among schoolgirls.

11:09 / 24.01.2026
News

Starting from the new academic year, a competition "Best Startup Idea" will be held in schools.

The Resolution of the President of the Republic of Uzbekistan "On Measures for the Implementation of a Comprehensive Ecosystem for Supporting Startups" (No. PP-59 of 11.02.2026) has been signed.

10:00 / 13.02.2026
News

Ayrim maktablar elektromobil bilan, o‘qituvchilar esa xorijga sayohat hamda 1000 AQSh dollar bilan taqdirlanadi

“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” tanlovi g‘oliblari pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, 100 nafar o‘qituvchi 1 000 AQSh dollari pul mukofoti, 10 nafar o‘qituvchi xorijiy sayohatga yo‘llanma, 500 nafar yoshlar noutbuk va 500 nafar yoshlar qimmatbaho sovg‘alar, 3 ta oliy ta’lim tashkiloti pul mukofoti hamda 2 ta umumta’lim maktabi “Prezident sovg‘asi” - elektromobil bilan taqdirlanadi.

13:24 / 05.01.2026