Milliy sertifikatga ega bo‘lgan tarix fani o‘qituvchisiga tarbiya fani uchun ustama to‘lanadimi?

Savol
Men yaqinda tarix fanidan milliy sertifikat oldim. O‘zim oliy toifali tarixchiman. Lekin tarbiyadan dars beraman. Tarbiya darslarimga oliy toifa haq to‘lanadi.
Savolim shundan iboratki, milliy sertifikatim uchun tarbiya faniga ham ustama to‘lanadimi?
Javob
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF–134-sonli Farmoniga muvofiq:
- xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
- Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lab beriladi.
Yuqoridagi farmonning 9-a-bandida esa o‘zi dars beradigan fani bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlar nazarda tutilgan.
Ya’ni, fan o‘qituvchisi boshqa fan bo‘yicha xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bo‘lib, mutlaqo boshqa bir fandan dars bergan taqdirda, ustamalar to‘lab berilmaydi. Buning uchun o‘qituvchi aynan o‘sha fan bo‘yicha tegishli sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
Yuqoridagi vaziyatda ham milliy sertifikatga ega bo‘lgan tarix fani o‘qituvchisiga tarbiya fani uchun o‘tgan dars soatlariga ustama to‘lab berilmaydi.
Izohlar 4
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi

Harbiylashgan maktabga aylantirilgan “Jasorat maktab”lariga iyun oyidan qabul boshlanadi

Uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada qatnashmaganlar uchun test sinovlari qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Oddiy maktablarda taqiqlangan “Bitiruv oqshomi” Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi maktablarda o‘tkazilgani aytilmoqda
Mavzuga doir yangiliklar

Ustama uchun hujjatlar qabuli qachongacha davom etadi?
Ta’lim muassasalaridagi Ishchi guruhlar nizom talabi bo‘yicha ishlashi lozim.

Qanday tadbirlar o‘qituvchilarga ustama tayinlashga asos bo‘ladi?
2025-2026-o‘quv yili uchun tadbirlar ro‘yxati

Nechta o‘qituvchiga 70 foizlik ustama berilishi aniq bo‘ldi
O‘zbekistonning pedagog kadrlarga malaka toifasi berish tizimi Xalqaro ta’lim akkreditatsiya jamiyati (INTEAS) tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Prezident qarori bilan o‘qituvchilarga ustama to‘lab berishdagi muammolar ijobiy hal etildi
Pedagoglarga iyun-avgust oylarida ustama to'lab berish muammoga aylangandi
Izohingizni tahrirlang