“Ta’lim tizimida diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” – diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi ishlab chiqildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tashabbusi bilan “fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” ishlab chiqildi.
41 banddan iborat, qonun shaklidagi loyihada – diniy sohadagi davlat siyosatining 10 ta asosiy vazifasi, 6 ta prinsip va 3 ta ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. Konsepsiyaning 6-bob, 2-paragrafi ta’lim yo‘nalishiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ta’lim yo‘nalishdagi dunyoviylik masalalari o‘rin olgan.
Ta’lim yo‘nalishidagi dunyoviylik bu – ta’lim jarayonida, uni tashkil qilishda va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishda ta’lim oluvchilarda diniy aqida va qarashlardan xoli tarzda ilmiy bilim, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, qarashlar xilma-xilligini hurmat qilish, umumjamiyat manfaatlariga hissa qo‘shish g‘oyalariga tayanishdir.
Konsepsiyaga ko‘ra, ta’lim yo‘nalishida dunyoviylikni ta’minlashning asosiy mexanizmlari quyidagilardan iboratligi belgilanmoqda:
- ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatini ta’minlashga doir izchil va tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- fuqarolarning qonunda belgilangan tartibda dunyoviy va diniy ta’lim olish huquqini ta’minlash;
- qonunlarga asosan belgilangan majburiy ta’lim olishni biror-bir asosga ko‘ra cheklashga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rib borish;
- mamlakat aholisida, ayniqsa, yoshlarda ilmiy, aqliy salohiyatni yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini, milliy qadriyatlar va ijtimoiy axloq normalariga bo‘lgan hurmat ruhini kuchaytirish;
- ta’lim tizimida diniy betaraflikni saqlash va diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘ymaydigan muhitni ta’minlab borish;
- ta’lim tizimida o‘quv dasturlarining inklyuzivligini ta’minlab borish;
- ta’lim oluvchilarda ularga keng imkoniyatlarni taqdim etadigan aniq va gumanitar fanlar va ijtimoiy fanlarni, san’atni o‘z ichiga olgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish;
- ta’lim oluvchilar uchun tanqidiy-tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradigan, ma’lumotlarni tahlil qilish, ilmiy farazlarni tekshirish, dalillarni baholash ko‘nikmasini shakllantiradigan izlanish va o‘rganish muhitini yaratish;
- gumanizm va adolat, do‘stlik va hamjihatlik, milliy va umuminsoniy g‘oyalarga hurmat kabi qadriyatlar singdirilishini, axloqiy masalalarga maqbul yechim topish ko‘nikmalari shakllantirilishini ta’minlash;
- turli diniy e’tiqodlar va ta’limotlarning tarixi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy tendensiyalari to‘g‘risida xolisona bilim berish;
- turli dinlar, madaniyatlar va dunyoqarashlarga nisbatan hurmat, bag‘rikenglik va tushunish muhitini ta’minlab borish;
- pedagog kadrlarni tayyorlash va tanlashda ularning diniy bag‘rikenglikni saqlagan holda bilim berish, axloq va estetikani singdirish qobiliyatini o‘stirish hamda mustahkamlash.
Ma’lumot uchun: Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi loyihasi bilan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi veb-saytida tanishib, takliflar bildirish mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Vazir ustamasi bo‘yicha apellyatsiya yuborish imkoniyati cheklab qo‘yildimi?
Endilikda musiqa o‘qituvchilariga o‘quvchilar natijasiga qarab 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Yangi o‘quv yili uchun “qizil” toifadagi maktablar ro‘yxati e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
8 oydan buyon maktabga bormagan o‘quvchilar diniy ta’lim olayotgani ma’lum bo‘ldi
Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotgan shaxslar qo‘lga olindi.
Yangiliklar
Samarqandda noqonuniy diniy ta’lim berish holati aniqlandi
Maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan va tegishli ruxsatnoma olmagan shaxs 2011-2016-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 7 nafar o‘g‘il bolalarga noqonuniy diniy saboq berish bilan shug‘ullangan.
Yangiliklar
Toshkent shahrida 3 yildan buyon maktabga bormay, diniy ta’lim olayotgan o‘quvchi aniqlandi
Toshkent va Farg‘ona shaharlarida bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berish holatlari aniqlandi.
Yangiliklar
Toshkent viloyatida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim berilayotgani aniqlandi
21 yoshli fuqaro Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan xonadonlardan birida 31 nafar bolalarga, 43 yoshli fuqaro esa Toshkent tumanidagi xonadonlardan birida 12 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq bergan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang