Bolalarni diniy ta’lim uchun o‘qishga berish taqiqlandimi?

Savol
Yaqinda eshitib qoldim, bolalarini diniy bilim olish uchun o‘qishga berganligi uchun ota-onalar ota-onalar qamalishi mumkin ekan. Shu to‘g‘rimi?
Javob
Yo‘q, bu yerda shuning farqiga borish kerakki, bolalarini diniy ta’lim olishga jalb etish uchun emas, balki qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olishga jalb etish uchun javobgarlik belgilandi.
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga ko‘ra qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olishga jalb etish deganda bolani ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki litsenziyaga ega bo‘lmagan tashkilotlarga yoxud maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan va diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz diniy ta’limni amalga oshirayotgan shaxslarga diniy ta’lim olish uchun topshirish tushuniladi.
Bolalarni qonunda belgilangan tartibda diniy ta’lim berish huquqiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalariga o‘qishga berish uchun hech qanday javobgarlik mavjud emas.
Qonunning 23-moddasi 3-qismiga ko‘ra ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandini shaxsiy e’tiqodlariga muvofiq diniy va axloqiy jihatdan tarbiyalash huquqiga ega.
MJtK 47-moddasi 3-qismiga ko‘ra ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan o‘z bolasini qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olishga jalb etish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Ushbu savolga advokat Xayrullo Qosimov javob bergan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

O‘quvchilar uchun yangi olimpiada tashkil etilib, g‘oliblar grant asosida o‘qishga qabul qilinadi

O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab xalqaro maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

8-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon”da qatnashib, mashina yutib oldi

Maktablar atrofida xavfli konfet tarqatilmoqdami?
Mavzuga doir yangiliklar

“Ta’lim tizimida diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” – diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi ishlab chiqildi
Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi ishlab chiqildi

Bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxs qamoqqa olindi
Holat Surxondaryo viloyati Boysun tumanida aniqlangan

Farzandini hujraga bergan ota-onalarga javobgarlik belgilanmoqda
Bolalarni qonunga xilof diniy ta’lim olishga aynan ota-onalarning o‘zi olib borishi holatlari ko‘payib bormoqda
Izohingizni tahrirlang