Top.Mail.Ru
Samarqandda noqonuniy diniy ta’lim berish holati aniqlandi

Samarqandda noqonuniy diniy ta’lim berish holati aniqlandi

12:10 / 09.02.2026 145

Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, asli Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi, 1991-yilda fuqaro Urgut tumani “Do‘stlik” mahallasidagi xonadonlardan birini ijaraga olib, “hujra” tashkil qilganligi holati fosh etildi.


Aniqlanishicha, maxsus diniy ma’lumotga ega bo‘lmagan va tegishli ruxsatnoma olmagan mazkur shaxs moddiy manfaatdorlik evaziga, 2011-2016-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 7 nafar o‘g‘il bolalarga noqonuniy diniy saboq berish bilan shug‘ullangan.


Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2292-moddasi 2-qismi (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Hurmatli ota-onalar farzandlaringizni diniy o‘quvi yetarli bo‘lmagan shaxslar qo‘liga topshirib, ularning kelajagini shubha ostida qoldirmang. Bunday harakatlar kelgusida og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin”, - deyiladi Davlat xavfsizlik xizmati xabarida.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Diniy ta'lim

Ulashish