Toshkent shahrida 3 yildan buyon maktabga bormay, diniy ta’lim olayotgan o‘quvchi aniqlandi

Toshkent shahrida bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berish holati aniqlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.
1993-yilda tug‘ilgan shaxs Toshkent shahar, Olmazor tumanining “Jiydali” MFYda vaqtincha istiqomat qilayotgan xonadonda 2025-yilning may oyidan buyon 15 nafar yoshlarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotgani va buning evaziga har biridan 150 AQSh dollarini olib kelgani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, respublikaning turli hududlaridan kelgan, diniy ta’lim oluvchilarning 11 nafari voyaga yetmagan bo‘lib, achinarlisi, ular orasida 3 yildan buyon maktabga bormayotgan o‘quvchi ham bor.
Xuddi shu mahallada ijaraga olingan yana bir xonadonda ham poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan shaxs joriy yilning iyun oyidan buyon 10 nafar voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib, evaziga har biridan 100 AQSh dollari hamda yegulik uchun oziq-ovqat mahsulotlarini talab qilgan.
Shuningdek, huquq-tartibot organlari tomonidan xonadonda tekshiruvlar o‘tkazilishi ehtimolini hisobga olib, bolalarni yashirish uchun qo‘lbola yerto‘la qurdirgan. Mazkur yerto‘la, ya’ni “quduq” temir qopqoq bilan yopilib, tosh va qum bilan berkitilgan. Bu bilan u bolalarning hayotini qanchalik xavf ostiga qo‘yayotganini hatto o‘ylab ham ko‘rmagan.
Har ikki holat bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor sud o‘tkazilib, ushbu shaxslar MJtKning 241-moddasi asosida javobgarlikka tortildi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Endilikda har yili o‘qituvchi va o‘quvchilarga sanatoriyaga 12 kunlik yo‘llanma beriladi

4 198 nafar o‘qituvchiga 70 foizlik ustama beriladigan bo‘ldi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi

Ikki nafar maktab o‘quvchisi Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi
Mavzuga doir yangiliklar

Toshkent viloyatida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim berilayotgani aniqlandi
21 yoshli fuqaro Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan xonadonlardan birida 31 nafar bolalarga, 43 yoshli fuqaro esa Toshkent tumanidagi xonadonlardan birida 12 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq bergan.

Bolalarni diniy ta’lim uchun o‘qishga berish taqiqlandimi?
Yaqinda eshitib qoldim, bolalarini diniy bilim olish uchun o‘qishga berganligi uchun ota-onalar ota-onalar qamalishi mumkin ekan. Shu to‘g‘rimi?

“Ta’lim tizimida diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” – diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi ishlab chiqildi
Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi ishlab chiqildi

Bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan shaxs qamoqqa olindi
Holat Surxondaryo viloyati Boysun tumanida aniqlangan
Izohingizni tahrirlang