Menejerlik kursida o‘qiyotgan direktorning vazifasini bajargan o‘rinbosarga qo‘shimcha haq to‘lanadimi?
Savol
Men maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarman. Maktab direktori bir oylik malaka oshirishga ketganligi sababli MMTB buyrug‘i bilan vazifa menga yuklatildi va 50 % ish haqini to‘lash belgilandi.
Lekin nazorat taftishi (reviziya) menga to‘langan pullarni ortiqchasi bilan qaytarib undirib olindi. Ushbu holatda menga direktor o‘rniga ishlaganim uchun haq to‘lanishi kerakmi?
Javob
Yuqoridagi vaziyatda maktab direktori malaka oshirishga emas, balki menejerlik o‘quv kursida tahsil olish maqsadida bir oylik o‘quv kursiga jalb qilingan bo‘lishi mumkin.
Chunki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 531-sonli qarori bilan menejerlik o‘quv kurslari malaka oshirish kursi bilan integratsiya qilinib, menejerlik o‘quv kurslari maktab direktorlari uchun malaka oshirish kursi sifatida joriy qilindi.
Asosiy savolga keladigan bo‘lsak, Mehnat kodeksining 116-moddasiga binoan, vaqtinchalik ishda bo‘lmagan xodimning vazifalarini asosiy ishidan ozod qilinmagan holda uning doimiy o‘rinbosariga yuklash, agar bu o‘rinbosarning mehnat qonunchiligi, mehnat shartnomasi yoki lavozim yo‘riqnomasiga ko‘ra vaqtinchalik ishda bo‘lmagan xodim vazifalarini bajarish majburiyatlari mavjud bo‘lsa, ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi hamda vaqtinchalik vazifalarni bajarishga tayinlangan xodimdan qo‘shimcha rozilik olishni talab qilmaydi va qo‘shimcha haq to‘lanmaydi.
Endi ushbu vaziyatda direktor vazifasini birga qo‘shib olib borayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining mehnat majburiyatlarida direktor yo‘qligida uning vazifalarini bajarish majburiyati yuklanganmi yoki yo‘q, mana shuni bilib olishimiz kerak bo‘ladi.
Ma’lumki, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 16-oktyabrdagi 334-sonli buyrug‘iga 43-ilovasi bilan umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlarining lavozim yo‘riqnomasi tasdiqlangan.
Unga ko‘ra maktab direktori mehnat ta’tili, kasallik varaqasiga chiqqan hamda malaka oshirishga ketgan vaqtlarda uning lavozim majburiyatlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga yuklatish mumkinligi nazarda tutilgan.
Ya’ni, agar maktab direktori mehnat ta’tili, kasallik varaqasiga chiqqan yoki malaka oshirishga ketgan bo‘lsa va uning vazifasini ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bajarayotgan bo‘lsa, unga qo‘shimcha ish haqi to‘lab berilmaydi.
Mehnat kodeksining 116-moddasida ham “vaqtinchalik” muddat nazarda tutilgan. Ya’ni, vaqtincha deyilganda, ma’lum bir qisqa vaqt tushuniladi. Misol uchun, kasallik davri, xizmat safari yoki malaka oshirish davrini vaqtinchalik davr deb atashimiz mumkin.
Mehnat kodeksining 259-moddasiga ko‘ra, vaqtincha ishda bo‘lmagan xodimning vazifalari asosiy ishidan ozod qilinmagan holda uning doimiy o‘rinbosariga yuklatilganda qo‘shimcha haq to‘lanmaydi.
Shuningdek, menejerlik o‘quv kurslari maktab direktorlari uchun malaka oshirish kursi sifatida joriy qilinganligi bois, direktor menejerlik kursida tahsil olayotgan davrda ham uning vazifasini bajargan o‘rinbosarga qo‘shimcha haq to‘lab berilmaydi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bolalar orasida virusli kasallik tarqalayotgani haqidagi xabar rad etildi
B2 sertifikati muammosi yana kun tartibida
Ayrim maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshqa binoga ko‘chiriladi
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga 20 foizgacha qo‘shimcha ustama beriladi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
O‘qituvchi ikkita maktabda ishlasa, ikkala maktabdan ham toifa va sertifikat uchun ustama oladimi?
O‘qituvchining lavozim maoshi bazaviy tarif stavkalari asosida shakllantiriladi
Maqola
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga direktorlarni tayinlash tizimini rivojlantirish mexanizmlari
Maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimga tayinlash tartibining evolyutsion jarayoni tahlil qilinadi. Xususan, kuzatuv kengashlari, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tavsiyasi asosida direktorlarni tanlash amaliyoti va uning institutsional kamchiliklari, shuningdek Direktorlar kengashi tavsiyasi asosida nomzodlarni baholash tizimining joriy etilishi yangi mexanizm sifatida samaradorlik, shaffoflik va adolat tamoyillari ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi.
Maqola
Maktab direktorlari boshqaruv samaradorligini baholashning huquqiy-me’yoriy asoslari
Mazkur maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida maktab direktorlari boshqaruv samaradorligini baholashga oid amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi.
Ta'lim siyosati
Maktab direktorlariga menejerlik sertifikati berish tizimini takomillashtirishning zaruriy ahamiyati nimada?
Mazkur maqolada menejerlik sertifikati talabining yutuq va kamchiliklari tahlil qilinadi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang