Samarqandda 10-sinf qiz avtohalokatga uchrab vafot etdi
Samarqand viloyati Jomboy tumanida 10-sinf o‘quvchisi Maftuna Qahramonova 19-fevral kuni soat 11:00 lar atrofida [dars vaqtida] avtohalokatga uchrab vafot etdi. Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar berdi. Xabarda aytilishicha, u o‘g‘irlab ketilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda uning yaqinlari ma’lum qilgan.
Marhumaning yaqinlariga ko‘ra, qiz tuman markazi tomon harakatlanayotgan Gentra rusumli avtomashinada halokatga uchragan. Qizning yaqinlari voqea joyida uni tanib bo‘lmas darajada va bir poy poyabzalisiz topishgan.
Uning ikkinchi poy poyabzali esa voqeadan bir necha kun o‘tib avtohalokat sodir bo‘lgan joydan ikki ko‘cha naridan, ariq ichidan topilgan. Shunga ko‘ra qizning yaqinlari u o‘g‘irlab ketilgan bo‘lishi mumkinligiga ishonmoqda.
Marhumaning ukasi ham bir necha bor uni darsdan so‘ng bir yigit olib qochib ketishga uringani va bundan opasini himoya qilganini aytgan.
“Qizning yaqinlarining ma’lum qilishicha, voqeaga guvohlar qiz boshidan og‘ir zarba yeb, mashinaga majburan sudrab olib chiqilganini ko‘rishgan”, deyiladi xabarda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Samarqandda ham MMTB mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi
O‘zbekiston TIMSS 2027 va PISA 2029 tadqiqotida ham ishtirok etadi
O‘quvchiga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar 2,2 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi va ishdan bo‘shatilishi ham mumkin
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Voyaga yetmagan shaxsga transport vositasini boshqarish uchun berganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlik belgilash taklif etilmoqda.
Yangiliklar
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchisi vafot etdi
“Andijon polkasi” tadbiriga ketayotgan maktab o‘quvchilari YTHga uchradi. Bir bola vafot etdi.
Yangiliklar
14 nafar bolani bog‘chaga olib ketayotgan mashina avariyaga uchradi, haydovchi vafot etdi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1992-yilda tug‘ilgan G.Q. tegishli hujjatlarsiz “Matiz” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, tajribasizligi va chalg‘ishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan.
Yangiliklar
Maktabda o‘qiydigan farzandiga mashina bergan ota 5 sutkaga qamaldi
Voyaga yetmagan farzandlarining avtomobilni yuqori tezlikda boshqarishiga yo‘l qo‘yibgan ota besh sutkaga qamaldi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang