O‘qituvchilarga beriladigan moddiy yordam puliga cheklov o‘rnatildi
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 130-son qarori bilan pedagoglarga moddiy yordam puli to‘lash tartibiga o‘zgartirish kiritildi.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 33-bandiga ko‘ra umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam xodimning o‘zi yoki yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.
Endilikda, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-son qarori bilan moddiy yordamlarning jami miqdori o‘qituvchining tarif stavkasi miqdorining ikki barobaridan oshirilmasligi belgilab qo‘yildi.
Ya’ni, kalendar yili davomida bir xodimga to‘lanadigan moddiy yordamlarning jami miqdori uning lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorining ikki barobaridan oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Izohlar 15
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maslahatchi lavozimi kichik maktablarda 0.5 stavka miqdorda tashkil qilinadi
Attestatsiyadan norozi o‘qituvchilar sud uchun yig‘ilgan pullarni xayriya qilib yubordi
Maktablarda “Ombudsman soati” joriy etish rejalashtirilmoqda
Endi o‘quvchilarning zararli odatlari haqida xabar bergan pedagoglar mukofotlanishi mumkin
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
O‘qituvchiga moddiy yordam yiliga necha marta berilishi mumkin?
Bir yil davomida o‘qituvchilarga necha marta moddiy yordam puli bersa bo‘ladi? Masalan, o‘qituvchining o‘zi ham , uning yaqin qarindoshi ham og‘ir kasallikka chalinsa, bir necha marta moddiy yordam puli berish mumkinmi?
Yangiliklar
Moddiy yordam puli cheklandimi yoki yo‘q? – Vazirlik mulozimi izoh berdi
“O‘qituvchilarga beriladigan moddiy yordam puliga cheklov o‘rnatildi” sarlavhasi ostidagi maqola e’lon qilingan maqola ortidan vazirlik mulozimi holat noto‘g‘ri talqin qilinganligi yuzasidan e’tiroz bildirdi.
So'ragan edingiz
O‘qituvchining turmush o‘rtog‘i og‘ir kasal bo‘lsa, unga moddiy yordam beriladimi?
Umumtaʼlim muassasalari xodimlariga moddiy yordam yaqin qarindoshi og‘ir kasallikka chalinganda ko‘rsatiladi.
So'ragan edingiz
Pedagog xodimga moddiy yordam kalendar yil bo‘yicha berilishi kerakmi?
Bir kalendar yil davomida moddiy yordamning cheklangan miqdori belgilab berilgan xolos
O'zbek
Izohingizni tahrirlang