O‘quvchilar uchun yangi olimpiada tashkil etilib, g‘oliblar grant asosida o‘qishga qabul qilinadi
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni imzolandi.
Farmonga ko‘ra, Olmazor tumani tajribasi asosida respublikaning har bir tumanida (shaharda) kamida 1 tadan maktabda muhandislik laboratoriyalari tashkil etilib, ular zaruriy jihozlar bilan ta’minlanishi belgilandi.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik-ixtirochilik yo‘nalishida olimpiadalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi va g‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar davlat oliy ta’lim muassasalarining olimpiada yo‘nalishiga mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga imtihonlarsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu olimpiadani tashkil etish hamda uning g‘oliblari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadigan oliy ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatini nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Mazkur farmon bilan xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblariga to‘lanadigan mukofot miqdori 5 baravar oshirildi.
Nufuzli xalqaro olimpiadalar qaysilar?
- Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)
- Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)
- Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO)
- Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO)
- Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI)
Endilikda nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchi va murabbiylari BHMning quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
- 1-o‘rin (oltin medal) uchun — 2 500 baravar (937 mln 500 ming so’m);
- O‘qituvchisiga — 450 baravari (153 mln so‘m);
- Terma jamoa rahbari — 35 baravari (11 mln 900 ming so‘m)
- 2-o‘rin (kumush medal) uchun — 1 500 baravar (562 mln 500 ming so’m);
- O‘qituvchisiga — 250 baravari (85 mln so‘m);
- Terma jamoa rahbari — 25 baravar (8 mln 500 ming so‘m)
- 3-o‘rin (bronza medal) uchun — 1000 baravar (375 mln so’m);
- O‘qituvchisiga — 150 baravari (51 mln so‘m);
- Terma jamoa rahbari — 15 baravar (5 mln 100 ming so‘m).
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PQ-346-son qarori bilan asosiy fan olimpiadalarining hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etilgandi.
Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan boshlab nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarlarini jamoaning natijasiga qarab rag‘batlantirish tartibi joriy etilib, terma jamoalar rahbarlari nufuzli xalqaro olimpiadalarda erishilgan har bir oltin, kumush, bronza medallari uchun tegishlicha bazaviy hisoblash miqdorining 35, 25, 15 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanishi belgilandi.
“Tanaffus” podkastining 10-sonida fan olimpiadalari mavzusini tomosha qiling
Izohlar 11
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikat imtihonida nega 90 ta test topshiradi?
Buxoroda maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qilish rejalashtirilmoqda
Maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egasi” olib kelinadi
Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Nega rus tili olimpiadasida rus adabiyoti savollari ham berildi?
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 562-son qaroriga muvofiq, asosiy olimpiada “Rus tili va adabiyoti” fani bo‘yicha o‘tkaziladi.
Yangiliklar
Buvayda tumanida 400 o‘quvchiga mo‘ljallangan fan olimpiadalari markazi qurildi
Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida bir vaqtning o‘zida 400 nafar o‘quvchini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan Olimpiada markazi qurib bitkazildi.
Yangiliklar
Prezident robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan yoshlarni mukofotladi
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida 190 ga yaqin davlat vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan FIRST Global Challenge 2026 xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natijani qayd etgandi.
Yangiliklar
Endilikda boshlang‘ich sinflar uchun alohida fan olimpiadasi joriy qilinadi
Kelasi yildan 4-sinflar olimpiadasining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan bolalar kompyuter oladi. Ularning ustozlariga tuman bosqichi uchun 10 million, viloyat uchun 50 million, respublika uchun 100 million so‘m mukofot beriladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang