Maktablarni 5 kunlik ish rejimiga o‘tkazish haqidagi taklif hukumatga yuborildi
Yaqinda “Mening fikrim” elektron jamoaviy murojaatlar portalida fuqarolardan biri, Nabiev Ne’matulla Hamidullayevich tomonidan ilgari surilgan ta’lim tizimini to‘liq 5 kunlik o‘qish va ish tartibiga o‘tkazish haqidagi taklif qisqa vaqt ichida keng e’tibor qozondi. Atigi bir necha kun ichida ushbu murojaat 10 mingdan ortiq ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Sobiq deputat Rasul Kusherbayevning yozishicha, “Mening fikrim” veb-portaliga fuqaro Nabiev Ne’matulla Hamidullaevichning “Ta’lim tizimini to‘liq 5 kunlik o‘qish va ish tartibiga o‘tkazish haqida”gi 375-s-r/24-sonli elektron jamoaviy murojaati 2025-yilning 28-mart kunidan 3-aprel kuniga qadar 10 mingdan ortiq ovoz to‘plashga erishgan.
Nizom talablariga muvofiq, 10 mingdan ortiq ovoz to‘plagan ushbu murojaat tegishli vakolatli davlat organi – Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan.
“Mening fikrim” veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaatlar berish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 35-bandiga muvofiq, tegishli vakolatli davlat organi murojaatni ko‘rib chiqib, asoslantirilgan qaror qabul qilishi belgilangan.
Endilikda, 10 mingdan ortiq ovoz to‘plagan murojaat yuzasidan tegishli davlat idoralari tomonidan rasmiy ko‘rib chiqilishi va asoslantirilgan tarzda qaror qabul qilinishi kerak bo‘ladi.
Hozirda bu murojaatni ko‘rib chiqish jarayoni boshlangan. Tegishli qaror “Mening fikrim” portalida e’lon qilinadi.
Izohlar 3
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Elektron kundalik uchun o‘qituvchi javobgar qilingani sabab vazirlik keskin tanqid qilindi
Bolalarga zo‘ravonlik uchun 6 pedagog jarimaga tortilib, 15 nafari intizomiy jazo oldi
Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi
Endi har payshanbada mas’ullar ta’lim tashkilotlariga borib, yoshlar bilan uchrashadi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Ramazon oyida xodimlar ishdan vaqtliroq ketishlari mumkinmi?
Ro‘zador xodimlar 30 daqiqa vaqtliroq ketishlari mumkin...
So'ragan edingiz
14-yanvar kuni o‘qishmi yoki dam olish kunimi?
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan dam olish kuni deb e’lon qilinganmi? Bu kuni ham dam olish kuni bo‘ladigan bo‘lsa, mavzularni jurnalga qanday tartibda yozamiz?
Yangiliklar
Pedagog xodimlar yangi yil bayrami arafasida ketma-ket 5 kun, o‘quvchilar esa 14 kun dam oladi
Prezident “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida” qarorni imzoladi.
So'ragan edingiz
30 soat darsni 3 kunga qo‘ydirib, qolgan uch kun dam olsa bo‘ladimi?
Bir stavkada ishlayotgan xodimga ham haftada atigi bir kunni bo‘sh qoldirish imkoniyati mavjud xolos
O'zbek
Izohingizni tahrirlang