Attestatsiyada yuqori ball olgan “informatiklar” Koreyada malaka oshiradi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov Janubiy Koreya Respublikasi Seul ta’lim departamentining “KLIC Training Program” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Mazkur uchrashuvda har bir hududda yuqori ball bilan toifa sertifikatiga ega bo‘lgan Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilaridan 14 nafar o‘qituvchi va 1 nafar koordinator, jami 15 nafar ustozlar qatnashdi.
Xabarda aytilishicha, ushbu loyiha Janubiy Koreya Respublikasi Seul ta’lim departamenti bilan hamkorlikda xalqaro tajribani o‘rganish, ta’lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Vazirlikning ta’kidlashicha, endilikda Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari Koreyada malaka oshirishadi. Ular Koreyada 10 kun davomida bo‘lib, o‘zaro tajriba almashishlari hamda Koreyaning umumta’lim maktablari faoliyati va ta’lim jarayonlarini o‘rganishlari rejalashtirilgan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
O‘qituvchilar attestatsiyasini o‘tkazuvchi markaz boshqa tashkilotga qo‘shib yuborildi
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bir oylik malaka oshirish tizimidan voz kechiladi, yangi tartib qanday ishlaydi?
Endilikda pedagoglarning poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik kursda majburiy tartibda o‘qishi talabi bekor qilinadi. Uning o‘rniga kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi.
Yangiliklar
“Hech bir o‘qituvchi o‘z hisobidan chet elda malaka oshirishga majbur qilinmadi" — rasmiy izoh berildi
Har bir tumandan 5 nafardan, jami 110 nafar maktab o‘qituvchilari ro‘yxati shakllantirilgan. Ma’lum qilinishicha, bugungi kunga qadar 30 nafar pedagoglar Turkiya davlatida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha malaka oshirib kelgan.
Yangiliklar
Prezident bunday topshiriq bermagandi: o‘qituvchilarni xorijga yuborish xarajatlari ularning bo‘yniga ilindi
Prezident topshirig‘i noto‘g‘ri talqin qilinib, pedagoglarni xorijiy davlatlarga yuborish xarajatlari o‘qituvchilarning o‘ziga yuklab qo‘yilmoqda.
Yangiliklar
Pedagoglar malakasini oshirish tizimidagi kamchiliklar muhokama qilindi
Senatorlar mazkur sohada uchrayotgan ayrim kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tib, vazirlik mas’ullarini so‘roqqa tutdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang