Harbiylashgan maktabga aylantirilgan “Jasorat maktab”lariga iyun oyidan qabul boshlanadi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 393-sonli qarori bilan respublikadagi har bir tuman (shahar)da bitta umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida bolalarni kichik yoshidan vatanparvar qilib tarbiyalashga yo‘naltirilgan “Jasorat maktabi” faoliyatini yo‘lga qo‘yilgandi.
Mazkur maktablarda o‘qish uchun o‘quvchilarni saralash 5-sinfdan boshlab amalga oshirilib, “Jasorat maktabi” o‘quvchilari o‘quv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi.
Hozirgi kunda respublikadagi jami 208 ta maktab ana shunday harbiylashtirilgan ta’lim muassasasiga aylantirilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xabar berishicha, 2025/2026-o‘quv yili uchun “Jasorat maktab”lariga hujjatlar qabuli iyun oyida amalga oshiriladi.
Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan.
Shuningdek, murojaatchilar uchun qo‘shimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot yaratildi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining barcha hududiy boshqarmalarida esa maxsus shtablar tashkil etildi.
Mazkur shtablar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.
2025/2026-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida onlayn shaklda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi. Kirish imtihonlari joriy yilning iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.
2026/2027-o‘quv yilidan boshlab “Jasorat maktabi”ni a’lo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining a’zosi bo‘lgan bir nafar o‘quvchiga oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.
“Jasorat maktablari” ga biriktiriladigan chaqiruvga qadar tayyorgarlik fani rahbarlariga ta’lim tashkiloti o‘qituvchisining bazaviy tarif stavkasi bilan birga tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari fuqaro xodimlari uchun belgilangan mehnatga hak to‘lash, ustama haq, qo‘shimcha to‘lov, rag‘batlantirish va moddiy yordam ko‘rsatish shartlari ham tatbiq etiladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi

Uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada qatnashmaganlar uchun test sinovlari qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Oddiy maktablarda taqiqlangan “Bitiruv oqshomi” Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi maktablarda o‘tkazilgani aytilmoqda

Izohingizni tahrirlang