O‘zbekiston ilk bor Polsha Ta’lim vazirligi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi

Kecha, 12-iyun kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Polsha Respublikasi Ta’lim vaziri Barbara Novaskaya bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi.
Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida STEM yo‘nalishi, ta’limda raqamlashtirish va axborot texnologiyalari, qo‘shma ta’lim loyihalari, o‘quvchilarni kasbga o‘rgatish, pedagogika oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik kabi yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Ta’kidlash joiz: O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida maktabgacha va maktab ta’limi sohasida hamkorlik aloqalari ilk marotaba yo‘lga qo‘yildi.
Uchrashuvda, shuningdek, Perspektywy Women in Tech jamg‘armasi rahbari Bianka Sivińska faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi.
O‘zaro muloqot davomida gender tengligini mustahkamlash va ta’lim sohasida ayollar yetakchiligi salohiyatini oshirishga qaratilgan xalqaro tashabbuslardan, xususan, global TechWomen tarmog‘i imkoniyatlaridan hamkorlikda foydalanish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.
“O‘zbekiston biz uchun mintaqadagi asosiy hamkorlarimizdandir. Ta’lim — bu iqtisodiyotning bir qismi hisoblanadi.
O‘zbekistonda pedagogika yo‘nalishida oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan islohotlar biz uchun juda qiziq”, - deydi Polsha Ta’lim vaziri Barbara Novaskaya.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

8 yoshli o‘quvchi xorijiy til o‘qituvchilaridan talab qilinayotgan sertifikatni qo‘lga kiritdi

Bir guruh o‘qituvchilar vazirlikni sudga berdi

Informatika fani o‘qituvchilari sun’iy intellekt ta’lim dasturi asosida o‘qitiladi

Barcha hududiy boshqarma boshliqlariga BYD avtomobili berildi
Mavzuga doir yangiliklar

Attestatsiyada yuqori ball olgan “informatiklar” Koreyada malaka oshiradi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov Janubiy Koreya Respublikasi Seul ta’lim departamentining “KLIC Training Program” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashdi.

Oʻqituvchilar malakasini oshirish uchun grantlar ajratiladi
O‘zbekiston hamda Italiya o‘rtasida maktabgacha ta’lim, o‘qituvchi va o‘quvchilar almashinuvi hamda olimpiadalar bo‘yicha yangi kelishuvlarga erishildi.

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti 90 yilligi: Xalqaro konferensiya qanday o‘tdi?
Institutda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

O‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha Ozarbayjon bilan qo‘shma loyihalar tashkil etiladi
Hilola Umarova Ozarbayjon Respublikasi fan va ta’lim vaziri Emin Amrullayev bilan uchrashdi
Izohingizni tahrirlang